Oʻzbekiston ITFC bilan 100 mln dollarlik “murobaha” bitimini imzoladi
Oʻzbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi bilan 100 mln dollarlik «Murobaha» moliyalashtirish bitimi hamda agentlik kelishuvini imzoladi. Mablagʻ oziq-ovqat xavfsizligini taʻʻminlash maqsadida 24 oygacha boʻlgan muddatga ikki transhda ajratiladi.
4 mart
kuni Oʻzbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Xalqaro islom savdo-moliya
korporatsiyasi (ITFC) oʻrtasida iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida 100
mln dollar miqdoridagi «Murabaha» moliyalashtirish bitimi va agentlik kelishuvi
imzolandi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Bitim
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan
qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi orqali mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini
mustahkamlashga qaratilgan.
«Mablagʻ
24 oygacha boʻlgan muddatga qulay shartlarda ikki transhda ajratiladi. Ushbu
mablagʻlar Oʻzbekiston aholisining ehtiyojlarini qondirish, mamlakat agrar
sektorining barqarorligi va rivojlanishini qoʻllab-quvvatlashga imkon beradi», —
deyiladi xabarda.
Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) Islom
taraqqiyot bankining asosiy instituti boʻlib, uning vazifasi Islom hamkorlik
tashkilotiga aʻʻzo davlatlar oʻrtasida iqtisodiy oʻsish va savdoni rivojlantirishni
ragʻbatlantirishdan iborat.