Qozogʻistonda 2024 yilda besh davlat ishtirokida keng koʻlamli harbiy mashgʻulotlar oʻtkaziladi
Qozogʻistonda
2024 yilda besh davlat ishtirokida keng koʻlamli harbiy mashgʻulotlar oʻtkaziladi
Qozogʻiston
2024 yilda Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston harbiy
kontingentlari ishtirokida «Birlestik» oʻquv mashgʻulotlari oʻtkaziladi.
Qozogʻistonda 2024 yilda jangovar tayyorgarlik tadbirlari
doirasida Ozarbayjon va Markaziy Osiyo davlatlari: Qirgʻiziston, Tojikiston,
Oʻzbekiston ishtirokida keng koʻlamli harbiy mashgʻulotlar oʻtkaziladi. Bu haqda 15 yanvarʻ, dushanba
kuni Qozogʻiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Bu yil
mamlakatimiz hududida beshta davlat ishtirokida keng koʻlamli oʻquv mashgʻulotlari
boʻlib oʻtadi va ular yuqori tashkiliy saviyada oʻtkazilishi kerak. Markaziy Osiyo
mintaqasida xavfsizlikni taʻʻminlash vazifasini bajarishda qardosh xalqlar va
qurolli kuchlar oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni saqlab qolish biz uchun nihoyatda
muhim”, — dedi Mudofaa vaziri Ruslan Yaxshiliqov oʻquv mashgʻulotlarining asosiy
yoʻnalishlari va 2024 oʻquv yilida Qozogʻiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini
rivojlantirishga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilishda.
Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh
shtabi boshligʻi general-leytenant Marat Xusainov 2024 yilda 160 dan ortiq tezkor
va 70 mingdan ortiq jangovar tayyorgarlik tadbirlari oʻtkazish rejalashtirilganini
maʻʻlum qildi.
Qozogʻiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʻi dengiz floti,
havo kuchlari, «Gʻarbiy» mintaqaviy qoʻmondonligining maxsus operatsiyalar qoʻshinlari
hamda Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Tojikiston
va Oʻzbekiston harbiy kontingentlari ishtirokidagi «Birlestik» mashgʻulotlari ularning eng muhimlari ekanini
taʻʻkidladi.
Avvalroq
Amerikaning Global Firepower kompaniyasi 2024 yilgi dunyoning eng kuchli armiyalari
roʻyxatini eʻʻlon qilgan edi. Unda Qozogʻiston 58, Ozarbayjon 59, Oʻzbekiston 65, Qirgʻiziston
100 va Tojikiston 107-oʻrinni egalladi.