Turkmaniston va Oʻzbekiston chegara demarkatsiyasi boʻyicha uchrashdi
Turkmanobod shahrida Oʻzbekiston-Turkmaniston qoʻshma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda 1650 kilometrlik umumiy chegarani demarkatsiya qilish boʻyicha muzokaralar davom ettirildi.
Turkmanistonning
Lebap viloyati Turkmanobod shahrida Oʻzbekiston-Turkmaniston qoʻshma demarkatsiya
komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda bu
boradagi ishlar davom ettirildi, deb xabar berdi Oʻzbekiston Tashqi ishlar
vazirligi.
“Uchrashuv
doʻstlik va oʻzaro tushunish muhitida oʻtdi”, - deyiladi xabarda.
Tomonlar
mazkur masala boʻyicha huquqiy va texnik hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va
tasdiqlashni yakunlayotgani haqida avval xabar berilgan edi. Oʻzbekiston prezidenti
Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 6-7 mart kunlari Turkmanistonga davlat tashrifi
ortidan 1650 km uzunlikdagi Turkmaniston-Oʻzbekiston chegarasini huquqiy jihatdan
rasmiylashtirish boʻyicha muzokaralar boshlandi.
Oʻshandan
buyon ikki davlat mutaxassislari umumiy chegaraning ayrim uchastkalarida dala aerofotografiyasi
va topografik-geodeziya ishlarini olib bormoqda. Tadbir yakunida
muhokamalar natijalari va qabul qilingan qarorlar qayd etilgan tegishli bayonnoma
imzolandi.
Chegaraning
ikki tomonida Turkmanistondagi oʻzbeklar (taxminan 300 ming) va Oʻzbekistonda
turkmanlar (200 mingga yaqin) diasporalari mavjud. Ashxobod va Toshkent ikki
davlatning tutash hududi – Turkmanistonning Toshhovuz viloyati va Oʻzbekistonning
Xorazm viloyati chegarasida joylashgan transchegaraviy savdo zonasini yaratishga kelishib
oldi.
Taʻʻkidlash joizki, mazkur uchrashuv avval boshlangan qoʻshma
harakatlar tsiklini davom ettirmoqda hamda Oʻzbekiston va Turkmanistonning chegara masalalarini muloqot
va hamkorlik orqali hal etish istagini taʻʻkidlaydi.
Demarkatsiya
boʻyicha Oʻzbekiston-Turkmaniston qoʻshma komissiyasining avvalgi yigʻilishi 5-11
yanvarʻ kunlari Buxoro shahrida boʻlib oʻtgan va unda ham muhim muhokamalar oʻtkazilib, qoʻshma qarorlar qabul
qilingan edi.