Markaziy Osiyo davlatlari Qirgʻizistonga IES avariyasi boʻyicha yordam beradi
Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Turkmaniston Bishkek IESdagi avariya boʻyicha Qirgʻizistonga yordam berishini maʻʻlum qildi. Jumladan, Oʻzbekiston Oʻshga suyultirilgan gaz ballonlarini etkazib beradi.
Oʻzbekiston,
Qozogʻiston va Turkmaniston Bishkekda IES avariyasi oqibatlarini bartaraf etish
boʻyicha Qirgʻizistonga yordam beradi. Ushbu mamlakatlar TIV rahbarlari oʻrtasidagi
telefon orqali muloqotlarda bu haqda maʻʻlum qilindi.
Jumladan,
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov qirgʻizistonlik hamkasbi Jeenbek
Kulubov bilan telefon orqali muloqotda prezident Shavkat Mirziyoev topshirigʻiga
koʻra Qirgʻizistonga zarur yordam koʻrsatishi maʻʻlum qilindi.
“Oʻzbekiston
tomoni yordam sifatida Andijondan Oʻshga suyultirilgan gaz ballonlarini joʻnatdi”, deyiladi
Qirgʻiziston TIV matbuot xizmati xabarida.
Qozogʻiston
bosh vaziri oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu Qirgʻiziston tashqi ishlar
vaziri Jeenbek Kulubaev bilan Bishkek IES atrofidagi vaziyatni tartibga solish
boʻyicha hamkorlik masalalari yuzasidan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar
berdi ulysmedia.kz.
“Qirgʻiziston
tashqi ishlar vaziri Bishkekdagi issiqlik elektr stantsiyasi faoliyatini tiklash
boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar haqida maʻʻlumot berdi. Shuningdek, u
Qozogʻistonga koʻrsatilayotgan qoʻllab-quvvatlash va Jambil davlat okrug elektr
stantsiyasidan elektr energiyasi etkazib berish hajmini oshirish bilan bogʻliq masala
tezkorlik bilan hal etilgani uchun minnatdorlik bildirdi”, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, Turkmaniston ham Bishkek IESdagi
avariya munosabati bilan ushbu mamlakat prezidenti Serdar Berdimuhamedov
topshirigʻiga binoan suyultirilgan gaz etkazib berish koʻrinishida gumanitar yordam
koʻrsatish niyatida, deya
xabar qildi Qirgʻiziston TIV.
Maʻʻlumot
uchun, 2 fevralga oʻtar kechasi Bishkek IES qozonlaridan birida portlash sodir boʻldi. Portlash shaharning 66 foiz aholisida issiqlik
taʻʻminoti bilan bogʻliq muammolarni keltirib chiqardi. Maktab va bogʻchalar
5 fevralgacha onlayn oʻqitishga oʻtkazildi.
Hodisa
oqibatida besh kishi jabrlangan.
Issiqlik elektr stantsiyasiga Qirgʻiziston prezidenti Sadir
Japarov tashrif buyurib, restavratsiya ishlarining borishini koʻzdan kechirdi.
Prezident vaziyatni shaxsiy nazoratiga olgan va avariya oqibatlarini imkon qadar
tezroq bartaraf etishni buyurgan.