ozarbayjon
-
Boku armanlar soʻnggi 24 soat ichida Ozarbayjon Qurolli kuchlari pozitsiyalariga turli qurollardan 30 marta oʻq uzganini maʻʻlum qildi. Ushbu harakatlarga javoban, Ozarbayjon ham Armaniston pozitsiyalarini oʻqqa tutgan.
-
Ozarbayjon soʻnggi vaqtlarda Armaniston bilan shartli chegaraning turli yoʻnalishlarida harbiylar, zirhli texnika, artilleriya qurilmalari va boshqa qurollar toʻplanayotganiga munosabat bildirdi.
-
1993 yil 23 avgustdan 2020 yil 9 noyabrgacha armanlar ishgʻoli ostida boʻlgan Ozarbayjonning Fuzuliy shahriga 138 kishidan iborat yana 35 ta oila qaytmoqda. Shunday qilib, qayta tiklangan va yangi uy-joylar barpo etilgan ushbu shaharga qaytgan oilalar soni 666 tadan oshdi. Ularning farzandlari Oʻzbekiston tomonidan qurib berilgan maktabda ham tahsil olishadi.
-
Yangi maʻʻlumotlarga koʻra, koʻplab arab davlatlari va kompaniyalari Isroilga Gʻazo sektoriga qarshi hujumida neftʻ va yoqilgʻi-moylash mahsulotlari bilan taʻʻminlash orqali bosqinchilarni qoʻllab-quvvatlamoqda. Hisobotga koʻra, Ozarbayjon va Qozogʻiston ham Isroilga doʻst boʻlgan yana ikki davlat boʻlib, Gʻazo hujumi boshlanganidan beri ishgʻolchilar xom neftining katta qismini etkazib bergan
-
Ozarbayjon 2024 yil 13 martda Evroparlamentda qabul qilingan “Evropa Ittifoqi va Armaniston oʻrtasidagi yaqin aloqalar hamda Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasida tinchlik bitimi zarurligi toʻgʻrisida”gi rezolyutsiya asossiz va noxolis, ikki tomonlama standartning yaqqol namunasi deb atadi.
-
Ozarbayjon Armaniston tomonidan bosib olingan 4 ta qishloqni zudlik bilan qaytarishni talab qildi. Shuningdek, armanlar ishgʻoli ostidagi yana 4 ta qishloqni qaytarish masalasi demarkatsiya jarayonida hal qilinishi aytildi.
-
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev agar bir yil ichida mamlakat delegatsiyaning ovoz berish huquqi tiklanmasa, Boku Evropa Kengashidan toʻliq chiqish masalasini jiddiy koʻrib chiqishi mumkinligini taʻʻkidladi.
-
Ozarbayjonda boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovida amaldagi prezident Ilhom Aliev, dastlabki hisob‑kitoblarga koʻra, 92,1 foiz ovoz bilan gʻalaba qozondi. Ushbu saylovda ilk bor Qorabogʻ aholisi ham ishtirok etdi.
-
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev Frantsiyani Armanistonga harbiy koʻmak koʻrsatish orqali mintaqadagi keskinlikni oshirishga hissa qoʻshishda aybladi.
-
Ozarbayjon oʻz hududlarida armanlar tomonidan joylashtirilgan minalar soni 1 milliondan oshib ketganini maʻʻlum qildi. 2020 yilda Qorabogʻdagi urush tugaganidan buyon 342 nafar Ozarbayjon fuqarosi mina portlashlaridan jabr koʻrgan, ulardan 65 nafari, jumladan, 3 nafar jurnalist halok boʻlgan.