Ozarbayjon Armaniston bosib olgan 4 qishloq qaytarilishini talab qilmoqda
Ozarbayjon Armaniston tomonidan bosib olingan 4 ta qishloqni zudlik bilan qaytarishni talab qildi. Shuningdek, armanlar ishgʻoli ostidagi yana 4 ta qishloqni qaytarish masalasi demarkatsiya jarayonida hal qilinishi aytildi.
Ozarbayjon
Armaniston tomonidan bosib olingan 4 qishloqni zudlik bilan qaytarishni talab
qildi.
Ozarbayjon bosh
vaziri oʻrinbosari, Ozarbayjon-Armaniston chegarasini belgilash komissiyasi
hamraisi Shahin Mustafoevning matbuot xizmati bayonotida hozirgacha tomonlar 7
marta uchrashgan va hozirda chegarani
belgilash boʻyicha meʻʻyoriy-huquqiy bazani yaratish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
“Soʻnggi paytlarda Armaniston ommaviy axborot vositalarida
Ozarbayjon tomonidan Armanistonning 31 qishlogʻi bosib olingani haqida yolgʻon
xabarlar eʻʻlon qilinmoqda.
Chegaralarni belgilashdan oldin Armanistonga tegishli erlar “bosib olingan” deb
aytish mutlaqo asossizdir”, — deyiladi bayonotda.
Hujjatda “4 qishloq (Baganis-Ayrim, Quyi Eskipara, Geyrimli va
Qizilxajili) Armaniston ishgʻoli ostida hamda eksklav emas, ular soʻzsiz Ozarbayjonga tegishli va zudlik bilan qaytarilishi
kerakligi taʻʻkidlangan. Armaniston tomonidan bosib olingan 4 ta eksklav qishloqning (Yuqori Eskipara,
Sofulu, Berhudarli va Kerki) qaytarilishi masalasi demarkatsiya jarayoni doirasida hal
qilinadi”.
Eslatib
oʻtamiz, 1993 yilgi 1-Qorabogʻ urushi vaqtida Armaniston Gazax tumanining
7 ta qishlogʻi va Naxichevanning 1 qishlogʻini, Qorabogʻ va qoʻshni tumanlarni bosib olgan edi. 2020 yil kuzida boʻlib oʻtgan 2-Qorabogʻ
urushi davrida Qorabogʻ va unga qoʻshni tumanlar ishgʻoldan ozod qilingan, 4 tasi eksklav boʻlgan 8 ta
qishloq armanlar nazorati ostida qolgan.