Ozarbayjon Frantsiyaning mintaqadagi oʻrnini mustahkamlashiga yoʻl qoʻymaydi – Aliev
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev Frantsiya Armanistonni harbiy jihatdan qoʻllab‑quvvatlash orqali mintaqada keskinlikni oshirishga hissa qoʻshishda aybladi.
Ozarbayjon
prezidenti Ilhom Aliev Frantsiya Armanistonni harbiy jihatdan qoʻllab‑quvvatlash
orqali mintaqada keskinlikni oshirishga hissa qoʻshishda aybladi.
“Frantsiya
mintaqada yuritayotgan buzgʻunchi
siyosati “olovga yogʻ
sepish”
tamoyilidan kelib chiqadi”, ‑ dedi
Ilhom Aliev Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi Martin Chungong bilan uchrashuvda.
Ozarbayjon
rahbari Frantsiya Armanistonni harbiy jihatdan mustahkamlash siyosatini faol
olib borayotgani va geosiyosiy intrigalar uyushtirayotganini taʻʻkidlab, rasmiy Parij
mintaqadagi vaziyatning keskinlashuviga hissa qoʻshayotgani, turli xalqaro
tashkilotlar va parlament
darajasida Ozarbayjonga qarshi pozitsiyani qoʻllab-quvvatlayotganini alohida
taʻʻkidladi.
Aliev Frantsiyaning Janubiy Kavkaz mintaqasida oʻz taʻʻsirini
kuchaytirishga intilayotganini, shu bilan birga ularning bu yoʻnalishdagi harakatlari
besamar ketayotganini taʻʻkidladi.
Avvalroq Frantsiya parlamentining yuqori palatasi Ozarbayjon
hududiy suverenitetini tiklash boʻyicha harbiy qarorini qoralab, hibsga olingan
ayirmachilarni ozod etish
talab qiluvchi rezolyutsiya qabul qilgan edi.
Rezolyutsiya, shuningdek, Frantsiya va Evropa Ittifoqini
“Ozarbayjon bilan munosabatlarni toʻliq qayta koʻrib chiqish”ga chaqiradi, jumladan,
sanktsiyalar qoʻllanilishi mumkin.
Bunga javoban Ozarbayjon parlamenti Frantsiya bilan “barcha
iqtisodiy aloqalarni toʻxtatish” gʻoyasini ilgari surdi.
Eslatib oʻtamiz, 2023 yilning 4 oktyabrʻ kuni Ozarbayjon
prezidenti Ilhom Aliev Ispaniyaning Granada shahrida Armaniston va Evropa
Ittifoqi davlatlari rahbarlari bilan rejalashtirilgan uchrashuvda ishtirok etishdan
bosh tortgandi. Bu uchrashuvda Erevan va Boku oʻrtasida tinchlik shartnomasi
imzolanishi kerak edi.
Keyinroq Aliev tadbirga Frantsiyaning noxolis pozitsiyasi tufayli bormaganini aytdi. U, shuningdek, Frantsiyaning
Armanistonga qurol etkazib berishini tinchlik oʻrnatishga hissa qoʻshmaydigan, aksincha yangi
qarama-qarshilik uchun shart-sharoit yaratadigan strategiya deb atadi. Prezident mintaqada
kelgusida har qanday mojarolar yuzaga kelsa, buning uchun asosiy masʻʻuliyat Frantsiya
zimmasiga tushishini taʻʻkidladi.