Boku: armanlar Ozarbayjon hududlariga 1 milliondan ortiq mina joylashtirgan
Ozarbayjon oʻz hududlarida armanlar tomonidan joylashtirilgan minalar soni 1 milliondan oshib ketganini maʻʻlum qildi. 2020 yilda Qorabogʻdagi urush tugaganidan buyon 342 nafar Ozarbayjon fuqarosi mina portlashlaridan jabr koʻrgan, ulardan 65 nafari, jumladan, 3 nafar jurnalist halok boʻlgan.
Ozarbayjon hududlarida armanlar tomonidan qoʻyilgan minalar
soni 1 milliondan oshib ketdi, deb xabar bermoqda respublika TIV matbuot xizmati.
Qayd
etilishicha, TIV Armaniston Milliy
xavfsizlik xizmatining 2024 yil 25 yanvardagi Ozarbayjonga minalar xaritalarini
berish niyati haqidagi bayonotini inobatga olgan.
Taʻʻkidlashicha,
Ozarbayjon tomoni Armanistondan 2020 yilgi Qorabogʻ urushi oldidan ham, mojarodan keyingi davrda ham minalar
xaritalarini taqdim etishni bir necha bor talab qilgan.
“2020 yil 10 noyabrda uch tomonlama deklaratsiya imzolangandan
soʻng, Armaniston dastlab inkor etgan, keyin esa xalqaro bosim natijasida taqdim
etilgan minalar xaritalarining kichik bir qismida aniqlik bor-yoʻgʻi 25 foizni tashkil etgani
maʻʻlum boʻldi. Berilgan
xaritalarning
foydasiz, toʻliq emas va real vaziyatni aks ettirmasligini bir necha bor
taʻʻkidlaganmiz. Garchi bu xaritalar bizning hududlarimizda koʻmilgan 400 ming
mina borligini koʻrsatsa-da,
aslida minalar soni 1 milliondan oshadi”, — deyiladi TIV xabarida.
Qoʻshimcha
qilinishicha, soʻnggi yillarda mina portlashlarining 55 foizdan ortigʻi Armaniston
taqdim etgan xaritalardan tashqarida sodir boʻlgan.
Tashqi
ishlar vazirligi 2020 yilda Qorabogʻdagi urush tugaganidan buyon 342 nafar Ozarbayjon
fuqarosi mina portlashlaridan jabr koʻrganini, ulardan 65 nafari, jumladan, 3
nafar jurnalist halok boʻlganini eslatdi. Halok boʻlgan 65 kishidan 50 nafari tinch
aholi vakili hisoblanadi.
Rossiya
tinchlikparvar kuchlari vaqtincha joylashtirilgan Ozarbayjon hududlarida va bu
hududlar perimetri boʻylab 2020 yildan keyin ham Armaniston yangi minalarni
oʻrnatish fakti mavjud.
“Maʻʻlumki,
bu erda 500 mingdan ortiq mina oʻrnatilgan. Shu bilan birga, bu Armaniston soʻnggi
oʻn yilliklarda goʻyoki mina ishlab chiqarmagan yoki eksport qilmagani haqidagi
bayonotlar asosga ega emasligini koʻrsatdi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
TIVning taʻʻkidlashicha, Armaniston bayonoti ushbu davlatning niyati insonparvarlik
jarayonini ilgari surish emasligini koʻrsatadi va bu qadam ishonchni mustahkamlash
chorasi sifatida baholanishi mumkin emas.
“Ozarbayjon tomoni Armanistondan Ozarbayjonga toʻliq taqdim
etilmagan barcha minalangan hududlarning aniq xaritalarini taqdim etishini
kutmoqda. Bundan tashqari, Armaniston soʻnggi 30 yil ichida bedarak yoʻqolgan 4
mingga yaqin ozarbayjonliklarning taqdiri, shuningdek, ozarbayjonliklar dafn
etilgan ommaviy qabrlar haqida maʻʻlumot berish uchun shoshilinch choralar koʻrishi kerak”,
— deyiladi TIV bayonotida.