01.04.2024 11:35

Ozarbayjon Armanistonning chegarada harbiy texnikalar toʻplayotgani uchun ogohlantirdi

Ozarbayjon soʻnggi vaqtlarda Armaniston shartli chegaraning turli yoʻnalishlarida harbiylar, zirhli texnika, artilleriya qurilmalari va boshqa qurollarni toʻplayotganiga munosabat bildirdi.

Soʻnggi paytlarda Armaniston va Ozarbayjon oʻrtasidagi shartli chegaraning turli yoʻnalishlarida ishchi kuchi, zirhli texnika, artilleriya moslamalari va boshqa qurolli vositalar toʻplanishi ortib bormoqda.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armanistonda Ozarbayjonga qarshi harbiy harakatlar bilan tahdid qiluvchi qarimta kuchlari faollashganini, shuningdek, tajovuzkor va gijgijlovchi axborot faoliyati faollashganini qayd etdi.

Ozarbayjon harbiy idorasi Armaniston tomonidan harbiy igʻvoga boʻlgan har qanday urinishlar qatʻʻiyan bostirilishi haqida ogohlantirdi. Shuningdek, vaziyatning keskinlashuvi va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan igʻvolar uchun toʻliq javobgarlik Armaniston hamda uning tarafdorlari zimmasida ekani taʻʻkidlandi.

Mavzuga aloqador