08.02.2024 00:52

Ilhom Aliev prezidentlik saylovida, dastlabki hisob‑kitoblarga koʻra, 92,1 foiz ovoz toʻpladi

Ozarbayjonda boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovida amaldagi prezident Ilhom Aliev, dastlabki hisob‑kitoblarga koʻra, 92,1 foiz ovoz bilan gʻalaba qozondi. Ushbu saylovda ilk bor Qorabogʻ aholisi ham ishtirok etdi.

Ozarbayjon Markaziy saylov komissiyasi raisi Mezahir Penaxov amaldagi prezident Ilhom Aliev, dastlabki hisob‑kitoblarga koʻra, prezidentlik saylovlarida 92,1 foiz ovoz bilan gʻalaba qozonganini maʻʻlum qildi.

Markaziy saylov komissiyasi raisining maʻʻlum qilishicha, saylovda 4 million 971 ming saylovchi, yaʻʻni jami saylovchilarning 76,73 foizi ishtirok etdi.

Penaxovning maʻʻlum qilishicha, ochilgan qutilar ulushi 54,47 foizni tashkil etmoqda va Ilhom Aliev 92,1 foiz ovoz olgan.

Alievdan keyin 2,2 foiz ovoz bilan mustaqil nomzod Zohid Oʻruj bormoqda. Buyuk bunyodkorlik partiyasi raisi Fozil Mustafo – 1,99 foiz, Butun Ozarbayjon xalq fronti partiyasi raisi Qudret Hasanguliev – 1,78 foiz, Xalq fronti partiyasi raisi Razi Nurullaev – 0,79 foiz, “Buyuk Ozarbayjon” partiyasi raisi Elshad Musaev – 0,66 foiz va mustaqil nomzod Fuad Aliev - 0,48 foiz ovoz olgan.

Yakuniy hisob‑kitoblar keyinroq maʻʻlum qilinadi. 

Mavzuga aloqador