Armanlar ishgʻolidan ozod qilingan Fuzuliyga 666 dan ortiq oila qaytdi
1993 yil 23 avgustdan 2020 yil 9 noyabrgacha armanlar ishgʻoli ostida boʻlgan Ozarbayjonning Fuzuliy shahriga 138 kishidan iborat yana 35 ta oila qaytmoqda. Shunday qilib, qayta tiklangan va yangi uy-joylar barpo etilgan ushbu shaharga qaytgan oilalar soni 666 tadan oshdi. Ularning farzandlari Oʻzbekiston tomonidan qurib berilgan maktabda ham tahsil olishadi.
29 mart,
juma kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahridan armanlar ishgʻolidan ozod qilingan
Fuzuliyga 138 kishidan iborat 35 ta oila joʻnab ketdi. Bu haqda Anadolu xabar qildi.
Ushbu oilalar armanlar bosqini davrida mamlakat ichkirisiga koʻchirilgan edi.
Shunday
qilib, 666 oila yoki 2517 kishining shaharda doimiy yashashi taʻʻminlanadi. Fizuliyga
koʻchirilgan oilalar yangi qurilgan uylarga joylashadilar
1993 yil
23 avgustdan 2020 yil 9 noyabrgacha Fuzuliy shahri va viloyatning katta qismi
armanlar ishgʻoli ostida edi. Bu vaqt ichida Fuzuli arvoh shaharchaga aylandi.
2020 yil
17 oktyabrda Ikkinchi Qorabogʻ urushi paytida Fizuliy Ozarbayjon nazoratiga qaytdi.
44 kunlik urushdagi gʻalabadan soʻng Ozarbayjon ishgʻoldan ozod qilingan hududlarda,
jumladan Fuzuliyda keng koʻlamli tiklash va qurilish ishlarini boshladi.
Ozarbayjonda
mamlakat prezidenti Ilhom Aliev topshirigʻiga asosan amalga oshirilgan sobiq ichki
koʻchirilganlarni qayta tiklangan Fuzuli shahriga qaytarish jarayoni davom etmoqda,
deyiladi xabarda.
Eslatib
oʻtamiz, Fuzuliydagi qurilish-tiklash jarayoniga Oʻzbekiston ham oʻz hissasini qoʻshdi.
Jumladan, shaharda Oʻzbekiston byudjeti mablagʻlari hisobiga qurilgan 1-umumtaʻʻlim
maktabi «Qorabogʻning tiklanishida xorijiy davlatning ilk sovgʻasi" boʻlgan
edi.