Ilhom Aliev: Ozarbayjon Evropa Kengashidan toʻliq chiqish masalasini koʻrib chiqishi mumkin
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev 28 fevralʻ kuni Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qoʻmitasi raisi Mixael Xarms boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilar ekan, Evropa Kengashi bilan bogʻliq mojaroga toʻxtalib oʻtdi.
Davlat
rahbari Evropa Kengashi Parlament Assambleyasi Ozarbayjon delegatsiyasini ovoz
berish huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi qarorini tilga oldi.
“Afsuski,
bu qaror Germaniya parlamenti aʻʻzosi tashabbusi bilan qabul qilingan va bu shaxs
kantsler Sholts boshchiligidagi partiya aʻʻzosidir. Bu ikki tomonlama standartlar yoki
biz bilan oʻyin emasmi?! Germaniya kantsleri xolislikni namoyish etadi, uning
bayonotlari va harakatlari ham buni aks ettiradi. U rahbarlik qilayotgan partiya
aʻʻzosi esa Evropa Parlament Assambleyasida nasroniy boʻlmagan ikki davlatdan biri
hisoblangan Ozarbayjonni chiqarib tashlashni istaydi va buni namoyishkorona hamda maqsadli
qiladi”, — dedi Aliev.
Ozarbayjon
prezidenti agar bir yil ichida mamlakat delegatsiyaning huquqlari tiklanmasa, Boku
Evropa Kengashidan toʻliq chiqish masalasini jiddiy koʻrib chiqishi mumkinligini
taʻʻkidladi.
Bundan
tashqari, u kantsler Sholts tashabbusi bilan yaqinda Myunxenda boʻlib oʻtgan Armaniston bosh
vaziri Nikol Pashinyan bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvning tinchlik jarayoniga dinamizm
qoʻshish nuqtai nazaridan muhimligini taʻʻkidladi. Shu bilan birga, Ilhom Aliev
Germaniya tomonining taklifi bilan Berlinda tashqi ishlar vazirlari uchrashuvini
oʻtkazishni Ozarbayjon ham qoʻllab-quvvatlashini taʻʻkidladi. Shunday qilib, Germaniya
olovga moy quyib, Armanistonni halokatli qurollar bilan taʻʻminlayotgan qoʻshnisi Frantsiyadan
farqli oʻlaroq, tinchlik jarayonida betaraflikni namoyish etayotganini tilga oldi.
Prezident
Ilhom Aliev Ozarbayjon tinchlik jarayoni tarafdori ekanini, Ikkinchi Qorabogʻ urushi
tugagandan soʻng tinchlik muzokaralari tashabbusini oʻz qoʻliga olgani hamda mojaroni
tinch yoʻl bilan hal qilishning 5 ta asosiy tamoyilini ishlab chiqqani, tinchlik
shartnomasi matni loyihasini taqdim etganini taʻʻkidladi.