isroil
Dushanba kuni Eron Isroilga hujum qiladimi?
AQSh va Isroil rasmiylari Eron Isroilga dushanba kuni hujum qilishi mumkinligini bildirdi. Axios manbalariga koʻra, Eronning harakatlari aprelʻ oyidagi hujumga oʻxshash, ammo potentsial jihatdan kattaroq boʻladi. Ularda Hizbulloh ham ishtirok etishi mumkin.
Davomini o'qish...05.08.2024 08:35Isroilning vakuumli bomba hujumida Hizbullohning besh aʻʻzosi halok boʻldi
Isroil aviatsiyasi Livanda Hizbulloh nuqtalariga uyushtirgan vakuumli bomba hujumlari natijasida harakatning besh aʻʻzosi halok boʻldi. Bunga javoban Isroil hududiga uyushtirilgan uchuvchisiz uchoq hujumlarida esa 17 isroillik jarohatlandi.
Davomini o'qish...07.08.2024 08:54Boku mamlakatda Isroil qoʻshinlari borligini rad etdi
Boku İran İnternational, Kan va The Telegraph kabi xorijiy OAVlar tarqatgan Ozarbayjon hududida Isroil qoʻshinlari mavjudligi haqida xabarlarni rad etdi. Ozarbayjon hududida hech qanday xorijiy davlatning harbiy kuchlari mavjud emasligini maʻʻlum qilamiz va bu borada yolgʻon maʻʻlumotlarga asoslangan axborot manipulyatsiyasini keskin qoralaymiz”, - deyiladi bayonotda.
Davomini o'qish...13.08.2024 09:53AQSh Isroiga 20 mlrd dollardan ziyodga qurol-yarogʻ va harbiy texnikalar sotishni maʻʻqulladi
AQSh Davlat departamenti Isroilga 19 mlrd dollarlik F-15 samolyotlari va jihozlarini, shuningdek, taxminan 774 mln dollarlik tank oʻq-dorilari va 583 mln dollarlik harbiy mashinalarni sotishni maʻʻqulladi. Boeing kompaniyasi F-15 qiruvchilarini bir necha yil davomida ishlab chiqarib, etkazib beradi. Tank oʻq-dorilari esa zudlik bilan topshiriladi.
Davomini o'qish...14.08.2024 10:30Fitch Isroil reytingini «A»ga tushirdi; prognoz «salbiy»
Fitch mojaro 2025 yilgacha davom etishi, boshqa jabhalarda kengayishi, harbiy xarajatlar va qarz yuklarining yanada oshishiga olib kelishidan xavotirda. Agentlikning ogohlantirishicha, mojaro insoniy xarajatlardan tashqari, infratuzilma vayron boʻlishiga va uzoq muddatli iqtisodiy oqibatlarga, jumladan, sarmoya va sanoat faolligining pasayishiga olib kelishi mumkin.
Davomini o'qish...14.08.2024 18:29Hamas nega tushkunlikka tushmayapti?
Falastinliklarga boʻlayotgan zulm bir necha yuz yillardan beri hech bir jamiyatga nisbatan qoʻllanmagan. Falastin Sogʻliqni Saqlash Vazirligining psixiatriya boʻlimi boshligʻi Doktor Samah, oʻzining bergan intervʻyusida aytishicha: Zulm ostidagi Falastinga berilayotgan psixologik zarbalar bir necha darajaga ajraladi. Birinchisi, jismoniy zarar berish, hibsga olish va qiynoqqa solish bilan yakun topayotgan zarbalar. Keyingilari, Gʻazo sektorida sionistlar va musulmonlar oʻrtasidagi janglar yoki falastinlik jurnalist Shirin Abu Oqilaning oʻldirilishi kabi jamiyatda qoʻrquv hissini yuzaga keltiradigan jamoaviy zarbalar”.
Davomini o'qish...17.08.2024 19:01Eron Isroilga hujum qilsa nima boʻladi?
Tehronda Ismoil Haniyaning oʻldirilishiga javob tariqasida, Eron Isroilga qarshi tarixda ilk marta toʻlaqonli raketa hujumini amalga oshirishi mumkin. Mavjud xavfni inobatga olgan sionistlar allaqachon oʻzining mudofaa tizimini hamkor davlatlar yordamida yanada mustahkamlamoqda – xalqaro munosabatlar boʻyicha Eugen Doyl tahlili.
Davomini o'qish...19.08.2024 17:37Qohira Rafah ochilishi evaziga Misr-Gʻazo chegarasini Isroil harbiylari nazoratiga topshirishga rozi boʻldi
Qohira Rafahni qayta ochish evaziga Isroilning Misr va Gʻazo chegarasini nazorat qilishiga rozi boʻldi. Biroq may oyidan buyon Isroil nazoratida turgan Rafah chegara maskanini boshqarish Falastin maʻʻmuriyatiga topshirishni talab qilmoqda.
Davomini o'qish...20.08.2024 10:38AQSh 7 oktyabrdan beri Isroilga 50 ming tonnadan ortiq qurol-yaroq etkazib berdi
Gʻazoda urush boshlangan 2023 yil 7 oktyabridan buyon AQSh Isroilga havo va dengiz orqali 50 ming tonnadan ortiq qurol-yarogʻ etkazib berdi. Isroil Mudofaa vazirligi maʻʻlumotlariga koʻra, 500 ta parvoz va 107 ta dengiz joʻnatmalari orqali 50 ming tonnadan ortiq harbiy texnika va texnika etkazib berilgan.
Davomini o'qish...27.08.2024 11:32Amerikalik ekspert: Livandagi hujumlar XXI asrning yangi tahdidi
AQShlik geosiyosat boʻyicha ekspert, isteʻʻfodagi podpolkovnik Rich Outzen Livandagi peyjer va ratsiyalarning portlashi XXI asrda koʻlami boʻyicha barcha eʻʻtiborga olishi kerak boʻlgan yangi turdagi tahdid ekanini taʻʻkidladi. Outzen Isroil razvedkasi “Hizbulloh” bergan buyurtmalarni aniqlab, ishlab chiqarish markazi yoki buyurtma yoʻlda vaqtida uskunalarga portlovchi moddalar joylashtirganini taxmin qildi.
Davomini o'qish...19.09.2024 12:23