Qohira Rafahni qayta ochish evaziga Isroilning Misr va Gʻazo chegarasini nazorat qilishiga rozi boʻldi. Bu haqda Misrning uch nafar yuqori martabali manbalari iddle East Eye nashriga maʻʻlum qildi.

Gʻazo-Misr chegarasi boʻylab qurolsizlantirilgan bufer zonasi boʻlgan Filadelʻfiya koridori boʻyicha kelishuv ikkita variantni oʻz ichiga oladi.  

Qayd etilishicha, Isroil Sinaydan Gʻazoga qurol-yarogʻ kontrabandasi amalga oshirilayotganidan xavotir bildirgani sababli chegaradagi harbiy ishtirokini saqlab qolishni afzal koʻrmoqda.  

Ikkinchi variant esa qoʻshinlar chegaradan kontrabandani kuzatish va oldini olish uchun ilgʻor elektron datchiklar bilan jihozlangan er osti toʻsigʻi bilan almashtiradi.

Dastlab suverenitet va milliy xavfsizlik bilan bogʻliq xavotirlar tufayli bu gʻoyaga qarshilik koʻrsatgan Misr muzokaralarda moslashuvchanlik koʻrsatdi. Biroq Qohira Rafah oʻtish joyi Isroil bilan chegara boʻlmagan yagona qizil chiziq boʻlishini aniq aytdi. Misr Isroil ushbu hududni tark etishi hamda nazoratni Falastin maʻʻmuriyatiga topshirishi kerakligini taʻʻkidlamoqda.

May oyida Isroil nazoratni qoʻlga kiritgach, Rafah oʻtish joyining yopilishi Gʻazodagi gumanitar inqirozni yanada kuchaytirdi. Mojaro boshlanganidan beri 40,2 mingdan ortiq falastinlik halok boʻldi. Gʻazodagi mahalliy hokimiyatlarning aytishicha, yopilish gumanitar yordam yoki evakuatsiya orqali qutqarilishi mumkin boʻlgan 1000 falastinlikning oʻlimiga sabab boʻlgan.

Misrning chegara xavfsizligi boʻyicha muzokaralar olib borishga rozi boʻlishiga Isroil va Amerikaning sezilarli bosimi taʻʻsir koʻrsatdi. Diplomatik manbalarning taʻʻkidlashicha, Misr Isroildan katta miqdorda energiya import qiladi va hozirda energetika inqirozi bilan yuzma-yuz kelmoqda, bu esa uni tashqi bosimga nisbatan zaiflashtiradi.

Mavzuga aloqador