Amerikalik ekspert: Livandagi hujumlar XXI asrning yangi tahdidi
AQShlik geosiyosat boʻyicha ekspert, isteʻʻfodagi podpolkovnik Rich Outzenning fikricha, Livandagi peyjer va ratsiyalarning portlashi XXI asrda koʻlami boʻyicha hamma eʻʻtiborga olishi kerak boʻlgan yangi turdagi tahdiddir.
“Onadolu” agentligining savollariga
javob bergan isteʻʻfodagi podpolkovnik Outzen portlovchi moddalarni uyali
telefonlarga joylashtirish yangi usul emasligini, lekin Livanda amalga oshirilgan
hujumning tayyorgarlik bosqichi, qoʻllanilgan usul va keng koʻlamli hujum tushunchasi nuqtai
nazaridan bir ilk boʻlganini bildirdi.
Outzenning taʻʻkidlashicha, bir vaqtning oʻzida bunchalik koʻp
miqdordagi portlovchi moddani masofadan turib portlatish boshqa davlatlar va baʻʻzi
tashkilotlar juda oz koʻlamda
qila oladigan harakat turidir.
"Bu
koʻlam va chuqurlikdagi hujumdan oʻrnak olish ehtimoli, garchi amalga oshirish murakkab
boʻlsa ham, nozik hududlar, aeroportlar, siyosiy qarorgohlar va millik etakchilar
uchun eʻʻtiborga olinishi kerak boʻlgan jihatlar roʻyxatiga kiritilishi kerak. Bu,
shubhasiz, XXI asrda barchamiz xavotirga tushishimiz kerak boʻlgan yangi tahdiddir",
- dedi u.
“Livandagi portlashlar ortida Isroil turganiga kam odam shubha
qiladi”, - dedi
Outzen.
Operatsiya tafsilotlariga nazar tashlagan holda, buning harbiy
emas, balki razvedka harakatlari
natijasi ekanligini taʻʻkidlagan Outzen: “Eron Isroil bilan toʻgʻridan-toʻgʻri
urushda boʻlmasa-da,
vakillarni qoʻllab-quvvatlash
orqali u bilan ziddiyatda” ekani, Isroil ular bilan odatiy qurolli toʻqnashuvga kirishishdan koʻra, razvedka usullaridan foydalangan
holda ularning zaif nuqtalarini aniqlab, oʻsha joylariga zarba berishni afzal koʻrishini
taʻʻkidladi.
Outzen
AQShda Isroil razvedkasi Hizbulloh bergan buyurtmalarni aniqlab, ishlab chiqarish
markazida yoki buyurtma yoʻlda vaqtida harakatga kirishib, uskunalarga portlovchi moddalar
joylashtirgani boʻyicha yakdil fikrda ekanini qayd etdi.
Outzen ushbu
voqeadan muhim saboq olish kerakligini taʻʻkidladi.
Eslatib
oʻtamiz, 17 sentyabrʻ, seshanba kuni Livandagi “Hizbulloh” aʻʻzolari tomonidan
foydalanilgan peyjerlarda bir vaqtda portlashlar sodir boʻldi.
Sogʻliqni
saqlash vazirligi mamlakat boʻylab 12 kishi, jumladan 2 bola hayotdan koʻz yumgani, 4
mingga yaqin kishi jarohatlangani, ulardan 300 nafardan ziyodining ahvoli ogʻir
ekanini maʻʻlum qildi.
18 sentyabrʻ
kuni esa mamlakatda ratsiyalar portlashi oqibatida 14 kishi halok boʻldi, 450 dan
ortiq kishi jarohatlandi.
Livan rasmiylari voqea uchun Isroilni masʻʻul deb hisoblasada,
Isroil bu borada hali bayonot bergani yoʻq.
Isroil-Livan chegarasida 2023 yil 8 oktyabrdan buyon davom
etayotgan toʻqnashuvlarda soʻnggi kunlarda keskinlik kuchaygani kuzatilmoqda.