fransiya
-
Senegalning yangi saylangan prezidenti Bassiru Diomaye Fey tarixiy murojaatida Frantsiya harbiy kuchlarini mamlakatni tark etishga chaqirdi. Prezident Fey Parij bilan oldingi barcha kelishuvlarni qayta koʻrib chiqish zarurligini taʻʻkidladi.
-
Frantsiya razvedkasi Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari ustidan nazoratni kuchaytirdi. Moskvada sodir etilgan terakdan soʻng mamlakatda markaziy osiyoliklarning “katta toʻplanishlari” qayd etilgan. Shu sababli frantsuz razvedkasi oʻz eʻʻtiborini Turkmaniston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston fuqarolariga yoppasiga qaratishga qaror qildi.
-
AQSh elchixonasi Frantsiyada ham terakt xavfi kuchayganidan ogohlantirdi. Elchixona hujumlar “ozgina ogohlantirish” bilan amalga oshirilishi mumkinligini taʻʻkidlab, fuqarolar va sayyohlarni, ayniqsa, odamlar gavjum joylarda oʻta hushyor boʻlishga chaqirmoqda.
-
Frantsiyada futbol oʻyini vaqtida iftor uchun tanaffus qilish taqiqlangani ortidan yarim himoyachi Maxamadu Diavara Frantsiya yoshlar terma jamoasini tark etdi.
-
Taniqli amerikalik yahudiy olim va faol Norman Finkelshteyn Gʻazoda hukm surayotgan ochlik ustidan kulgan Frantsiyaning La Liberation gazetasini natsistlarning Ikkinchi jahon urushi davridagi Der Stürmer nashri bilan tenglashtirdi.
-
2023 yilda Frantsiyada islomofobiya holatlari soni 57 foizga oshib, 828 ta hodisa qayd etildi. Jabrlanganlarning 81,5 foizini ayollar tashkil etmoqda.
-
Rossiya TIV rasmiy vakili Frantsiyaning Moldovada mudofaa missiyasini ochishi va Janubiy Kavkazdagi harakatlarini faollashtirganiga munosabat bildirar ekan, bularni Parijning Afrikadagi muvaffaqiyatsizliklari oʻrnini qoplamoqchiligi bilan bogʻladi.
-
Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kantsleri Olaf Sholʻts oʻrtasida Ukrainaga harbiy yordam masalasidagi kelishmovchiliklar siyosiy munozaradan ochiq adovatga aylanib bormoqda.
-
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev Frantsiyani Armanistonga harbiy koʻmak koʻrsatish orqali mintaqadagi keskinlikni oshirishga hissa qoʻshishda aybladi.