02.03.2024 10:47

Ukrainaga harbiy yordam Germaniya va Frantsiya oʻrtasida tortishuvga sabab boʻlmoqda

Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kantsleri Olaf Sholʻts oʻrtasida Ukrainaga harbiy yordam masalasidagi kelishmovchiliklar siyosiy munozaradan ochiq adovatga aylanib bormoqda.

Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kantsleri Olaf Sholʻts oʻrtasidagi Ukrainani qoʻllab-quvvatlash borasidagi kelishmovchiliklar siyosiy munozaradan ochiq adovatga aylanib bormoqda.

“Ukraina oʻq-dorilar taqchilligiga uchragan bir paytda, Germaniya va Frantsiya rahbarlari harbiy yordam borasida tortishmoqda”, deb yozadi Politico.

Nashrning taʻʻkidlashicha, nemis rasmiylari Makronning Sholtsdan farqli ravishda Ukrainadagi vaziyatga taʻʻsir oʻtkazish uchun etarlicha harakat qilmayotganidan norozi.

Mamlakatlarning Ukrainani qoʻllab-quvvatlashga qoʻshgan hissasi haqida maʻʻlumot yigʻuvchi Kil instituti tadqiqotida Frantsiya “ortda qolgan” ittifoqchi ekani maʻʻlum boʻldi. Ushbu davlat Ukrainada urush boshlanganidan buyon 640 million evro yordam koʻrsatgan boʻlsa, Germaniya jami 17,7 milliard evro ajratgan.

Shuning uchun Sholts Frantsiya prezidentini Ukrainaga koʻproq qurol va oʻq-dorilar yuborishga majburlash uchun barcha imkoniyatlardan foydalanmoqda.

Oʻz navbatida, Frantsiya rasmiylari Ukrainaga "juda qimmatli" qurollarni taqdim etayotgani va buni nemis hamkasblariga qaraganda kamroq his-hayajon bilan amalga oshirayotganini taʻʻkidlagan. Ushbu holatda kantslerning Ukrainaga Taurus raketalarini topshirishni istamayotgani haqida gap ketmoqda.

Jumladan, 26 fevralʻ kuni Parijda boʻlib oʻtgan sammitdan soʻng Makron Germaniyaning Kievga qurol etkazishga ikkilanayotgani uchun Sholtsdan norozi ekanini bildirdi.

Berlin uzoq vaqt davomida Ukrainaga Leopard tanklarini yuborish borasida ikkilandi, biroq AQSh oʻzining M1 Abrams tanklarini etkazib berish niyatini eʻʻlon qilganidan keyingina bu haqda qaror qabul qildi.

Mavzuga aloqador