30.03.2024 12:28

Senegalning yangi rahbari: Frantsiyaning mamlakatimizni tark etish vaqti keldi

Senegalning yangi saylangan prezidenti Bassiru Diomaye Fey tarixiy murojaatida Frantsiya harbiy kuchlarini mamlakatni tark etishga chaqirdi. Prezident Fey Parij bilan oldingi barcha kelishuvlarni qayta koʻrib chiqish zarurligini taʻʻkidladi.

Senegalning yangi saylangan prezidenti Bassiru Diomaye Fey tarixiy murojaatida Frantsiya harbiy kuchlarini mamlakatni tark etishga chaqirdi. Bu haqda frantsuz matbuoti xabar qildi.

Qayd etilishicha, mazkur bayonot Senegal va Frantsiya oʻrtasidagi uzoq muddatli munosabatlarni qayta koʻrib chiqish uchun aniq chaqiriq boʻldi.

Prezident Fey Parij bilan oldingi barcha kelishuvlarni qayta koʻrib chiqish zarurligini taʻʻkidladi, bu esa koʻproq siyosiy va iqtisodiy mustaqillikka erishish istagini aks ettiradi.

Muvaffaqiyatsizliklar Afrikada Frantsiyani taʻʻqib qilmoqda. Frantsuzlar avvalroq 2022 yilda Malidan, oʻtgan yili esa Niger va Burkina-Fasodan qoʻshinlarini olib chiqishga majbur boʻlgan edi.

Endi navbat Senegalga keldi.

Mavzuga aloqador