14.03.2024 14:10

2023 yilda Frantsiyada islomofobiya holatlari soni 57 foizga oshdi

2023 yilda Frantsiyada islomofobiya holatlari soni 57 foizga oshib, 828 ta hodisa qayd etildi. Jabrlanganlarning 81,5 foizini ayollar tashkil etmoqda.

Evropada islomofobiyaga qarshi jamoaviy tashkilotning (CCIE) yillik hisobotiga koʻra, 2023 yilda Frantsiyada islomofobiya holatlari soni 57 foizga oshib, mamlakat boʻylab 828 ta hodisa qayd etilgan.

Jabrlanganlarning 81,5 foizini tashkil qiluvchi ayollar islomofobiyadan birinchi boʻlib aziyat chekmoqda, deyiladi hisobotda.

Qayd etish joizki, Frantsiyada islomofobiya soʻnggi yillarda tobora keng tarqalmoqda. Mamlakat Evropadagi islomofobiyaning oʻziga xos «bayroqdori»ga aylandi. Bundan tashqari, Beshinchi Respublika Evropa qitʻʻasidagi eng koʻp musulmon aholisiga ega davlat hisoblanadi. Frantsiyada sodir boʻlayotgan ijtimoiy-madaniy va siyosiy oʻzgarishlar islomofobiyaning rivojlanishi uchun zamin boʻlib xizmat qilmoqda.

Yuqori ishsizlik, ijtimoiy tengsizlik va jamiyatning ayrim qatlamlari oʻrtasidagi norozilik kabi ichki muammolar tarafkashlikni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday sharoitda islomofobiya koʻpincha umumiy ijtimoiy va iqtisodiy muammolarning ifodasiga aylanadi. Sotsiologik tadqiqotlar natijalari va statistik maʻʻlumotlar frantsuz jamiyatining turli jabhalarida islomofobiya mavjudligidan dalolat beradi. Ish joyidagi kamsitishlar, musulmonlarning ibodat joylari va masjidlari qurilishidan norozilik, koʻchalarda noxush holatlar koʻpaygan.

Mavzuga aloqador