20.03.2024 10:23

Gʻazoliklar ustidan kulgan frantsuz gazetasi fashistlar nashri bilan tenglashtirildi

Taniqli amerikalik yahudiy olim va faol Norman Finkelshteyn Gʻazoda hukm surayotgan ochlik ustidan kulgan Frantsiyaning La Liberation gazetasini natsistlarning Ikkinchi jahon urushi davridagi Der Stürmer nashri bilan tenglashtirdi.

"Frantsiyaning La Liberation chap qanot gazetasi bu «karikaturani» bir necha kun oldin chop etgan. Bu menga natsistlarning Der Stürmer nashri karikaturasini eslatdi. Avval Charlie Hebdo, endi Liberation. Agar “Ilohiy adolat” bu gazeta tahririyatini quvib etmasa, dunyoviy dorlar etib boradi, deb umid qilaylik. Der Stürmer [natsistlar] gazetasi muharriri Nyurnbergda osib oʻldirilgandi”, - deb yozadi amerikalik siyosatshunos.

Avvalroq qamal ostidagi Gʻazo sektorida och qolgan falastinliklarni masxara qilgan taniqli frantsuz karikaturachisi Korin Rey oʻzining ishidan afsusda emasligini aytdi. Reyning soʻzlariga koʻra, rasm Falastindagi ocharchilikni masxara qilmaydi, balki “falastinliklarning umidsizligini taʻʻkidlaydi, Gʻazodagi ocharchilikni qoralaydi”, biroq ayni paytda “dinning absurdligi ustidan kuladi”.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari karikaturani tanqid qilib, Isroil sektorga insonparvarlik yordamini kiritmayotgani sababli yuz minglab falastinliklar ocharchilikka duch kelayotgani bois uni «irqchi», «gʻayriinsoniy» va «nafrat qoʻzgʻatuvchi» ommaviy ifoda namunasi deb atadi.

Der Stürmer - fashistlar Germaniyasida 1945 yil fevraligacha chiqqan haftalik jurnal. Unda asosan yahudiylarga nisbatan nafrat uygʻotuvchi maqolalar, shiorlar va karikaturalar chop etilgan. Urushdan keyin Nyurnbergdagi Xalqaro harbiy tribunal gazeta taʻʻsischisini oʻlimga, karikaturachini esa oʻn yillik qamoq jazosiga hukm qilgan.

Mavzuga aloqador