22.03.2024 17:33

Frantsiyada futbol oʻyinini iftorlik uchun toʻxtatish taqiqlangach, musulmon oʻyinchi terma jamoani tark etdi

Frantsiyada futbol oʻyini vaqtida iftor uchun tanaffus qilish taqiqlangani ortidan yarim himoyachi Maxamadu Diavara Frantsiya yoshlar terma jamoasini tark etdi.

Frantsiya futbol federatsiyasi oʻyinlarni iftorlik uchun toʻxtatib turish taqiqlaganidan soʻng janjal va tanqidlar markaziga aylandi, deb yozmoqda Islam News.

Joriy yilning boshida federatsiya futbol klublari, hakamlar qoʻmitalari va oʻyin tashkilotchilariga Ramazon oyida roʻza tutayotgan musulmonlar uchun iftorlik munosabati bilan oʻyinlarda tanaffuslarga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida ogohlantirgan edi.

“Frantsiya musulmonlarga qarshi xatti-harakatlarning chempioni boʻlishda davom etmoqda. Olimpiya oʻyinlarining boʻlajak mezbonlaridan sport ruhining «ajoyib» namoyishi”, — deya kanadalik sport jurnalisti va huquq himoyachisi Shirin Ahmaddan iqtibos keltiradi Time.

Oʻyin vaqtida iftorlik qilish taqiqlanganiga javoban yosh yarim himoyachi Maxamadu Diavara Frantsiya yoshlar terma jamoasini tark etdi.

"Futbolchilar bu qarordan norozi", - deya izoh berdi Frantsiya terma jamoasining bir qancha oʻyinchilari vakili boʻlgan agent anonimlik sharti bilan.

“Everything Is Futbol” podkasti ham futbol federatsiyasi qaroriga befarq qolmadi: “Frantsiya terma jamoasida oʻynayotgan musulmon futbolchilar bu qaror bekor qilinmaguncha terma jamoada ishtirok etishdan bosh tortishlari kerak”. "Frantsiya qoʻsh fuqarolikka ega boʻlgan koʻplab afrikalik sportchilarsiz yaxshi terma jamoani toʻplay olmasligini tushunib etgach, yoʻllarini qanchalik tez oʻzgartirishini koʻrasiz".

Mavzuga aloqador