Tavsiya qilingan
2024 yilda yangi mojarolar qaerlarda boʻladi?
Jurnalist Mehmet Kanji 2023 yilda Bir qutbli dunyo tartibi tushunchasi turli ziddiyatli hududlarda qanday muvaffaqiyatsizliklarga uchragani va 2024 yilgi prognozlari haqida yozdi. 2023 yil sovuq urushdan keyin joriy etilishi moʻljallangan "Bir qutbli dunyo tartibi" inqirozga yuz tutgani bilan esda qoladi.
Davomini o'qish...07.02.2024 17:506 fevralʻ – Qahramanmarash zilzilasiga bir yil
2023 yil 6 fevralʻ kuni Turkiyaning Qahramanmarash viloyatida “asr falokat” deb nomlangan kuchli zilzila sodir boʻlgan edi. Tabiat hodisasi 53 ming kishini hayotdan olib ketdi, 14 million fuqaro bevosita jabrlandi. Hodisa tafsilotlari va oqibatlari.
Davomini o'qish...06.02.2024 00:36AQSh va Evropadagi yuzlab rasmiylar Isroilni qoʻllab-quvvatlash siyosatini tanqid qiluvchi jamoaviy maktubni imzoladi
AQSh, Buyuk Britaniya va Evropa Ittifoqi mamlakatlaridagi 800 dan ortiq iqtidordagi hukumat amaldorlari oʻz hukumatlarining Isroil va Gʻazo oʻrtasidagi urushdagi siyosatiga qarshi jamoaviy bayonotni imzoladi. “Hukumatlarimiz yuritayotgan siyosat xalqaro huquqning jiddiy buzilishi, urush jinoyatlari va hatto etnik tozalash yoki genotsidga olib kelish xavfiga ega”, deyiladi bayonotda.
Davomini o'qish...02.02.2024 23:48Isroil-Hizbulloh ziddiyati urushgacha boradimi?
Isroil-HAMAS mojarosi tufayli bugun falastinliklarning shafqatsizlarcha qirilayotgani, yosh goʻdaklar, keksalar va ayollarning genotsidga uchrayotgani Yaqin Sharqdagi vaziyatni keskinlashtirib yubordi. Hatto ziddiyatga Livanning katta nufuzga ega boʻlgan “Hizbulloh” harakatining aralashib qolish ehtimolini yuzaga keltirdi. Toʻgʻri, hozircha Isroil va “Hizbulloh” oʻzaro jangi chegaradosh hududlarni oʻqqa tutish bilan chegaralangan. Ammo ziddiyat 2006 yil iyulidagi 34 kunlik, Isroilning magʻlubiyatiga olib kelgan urush kabi keng qamrovli harbiy harakatlarga olib kelmasligiga hech kim kafolat bermaydi. Azon Global sisiy tahlilchi Abduvali Soyibnazarovning bu boradagi mulohazalarini eʻʻtiboringizga havola etamiz.
Davomini o'qish...31.01.2024 10:47Falastin aslida kimniki?
Oʻtgan yillar davomida oʻn minglab insonlarning qurbon boʻlishiga olib kelgan Falastin-Isroil mojarosi bugun yana dunyo hamjamiyatining diqqat markazida turibdi. Xoʻsh, asrlar mobaynida davom etib kelayotgan bu mojaro barchani “Aslida, Falastin kimniki: arablarnikimi yoki yahudiylarniki?” degan savolni oʻylashga, fikrlashga majbur qiladi.
Davomini o'qish...30.01.2024 18:00AQShda migrantlar inqirozi Texas va Bayden maʻʻmuriyati oʻrtasidagi ziddiyatlarni kuchaytirmoqda
AQShning Texas shtati mamlakatning janubiy chegaralaridan oqib kelayotgan noqonuniy muhojirlarga qarshi qatʻʻiy qonunlar qabul qilib, chegaralarga tikanli sim toʻsiqlarni oʻrnatmoqda. Bu esa Jo Bayden boshchiligidagi federal hukumatga maʻʻqul kelayotgani yoʻq. Natijada chegara hududida federal hukumatga boʻysunuvchi chegara xizmati hamda shtat maʻʻmuriyati boʻysinuvidagi Milliy gvardiya xodimlari oʻrtasida ham ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda. Azon Global tahlilchisi Muhammad Dovud Asadulloh ushbu vaziyatga bir qur nigoh tashladi.
Davomini o'qish...30.01.2024 10:13Xalqaro sudning Isroil ustidan chiqargan qarori nimani anglatadi?
26 yanvarʻ kuni Gaagadagi BMT Xalqaro sudi JARning Isroilni Gʻazoda falastinliklarga qarshi genotsid uyushtirganlikda ayblab kiritgan daʻʻvosi yuzasidan hukm chiqardi. Aksariyat mamlakatlar, xususan JAR, shuningdek, HAMAS harakati tomonidan olqishlangan, Isroil va uning ittifoqchilari raddiya bergan qaror aslida nimani anglatadi? Bu yakuniy hukmmi yoki Isroilga qarshi keng koʻlamli hukmlarning boshlanishi? Azon Global ushbu mavzuni oʻrgandi.
Davomini o'qish...27.01.2024 21:17Shavkat Mirziyoevning Xitoyga davlat tashrifi: asosiy maʻʻlumotlar
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 23 yanvarʻ kuni davlat tashrifi bilan Xitoyga bordi. Tashrif davomida muhim uchrashuv va muzokaralar boʻlib oʻtdi. Azon Global ushbu tashrifning eng muhim jihatlarini qisqacha tarzda eʻʻtiboringizga havola etadi.
Davomini o'qish...24.01.2024 17:46Mardlar urushi
Bugun bir video koʻrib qoldim. Gʻazodagi haqiqiy jang sahnasi. Bir guruh Isroil harbiylari bir uyda HAMAS bilan otishmoqda. Bir askar yaralanadi, soʻng boshqa bir xonaga chekinishadi. Videoda faqat ikki harbiy avtomatdan otayotganini koʻrish mumkin, qolganlar qoʻrqqanidan burchakka tiqilib olgan va aftidan, yordam kuchlari kelishini kutishmoqda. Video harbiylardan biridagi bodikameradan tasvirga olingan. Isroil oʻz magʻlubiyati, ojizligini har qanday yoʻl bilan boʻlsa ham bekitishga urinishini hisobga olsak, katta ehtimol bilan bu bosqinchilar HAMAS tomonidan qirib tashlangan va video ular tomonidan eʻʻlon qilingan.
Davomini o'qish...24.01.2024 10:45“HAMAS”siz dunyo tinchroq boʻlarmidi…
“Aqso toʻfoni” boshlanganidan soʻng isroilliklarning HAMASni tor-mor etish haqidagi hayqiriqlari avj oldi va ularga gʻarbning yirik davlatlari ham qoʻshildi. Ularning maqsadi Gʻazo sektoridagi HAMAS boshqaruvini tugatish va Falastin hukumati qarorlarini qabul qilishda uning taʻʻsirini yoʻqotish edi. Bu harakatlar HAMASni dunyo xalqlari oldida terror tashkilot sifatida gavdalantirish, shuningdek uni Yaqin Sharqdagi tinchlik va osoyishtalikka halal beradigan yagona toʻsiq qilib koʻrsatish, arab mamlakatlarining tashqi aloqalari, xavfsizligi uchun tahdid etib namoyon qilish tashviqotlari bilan boshlandi. Demak, ularning fikricha, HAMAS barcha muammoning sababchisi, HAMASning yoʻq qilinishi mintaqadagi tinchlikka olib boradigan yagona yoʻl.
Davomini o'qish...23.01.2024 17:40
...