27.01.2024 21:17

Xalqaro sudning Isroil ustidan chiqargan qarori nimani anglatadi?

26 yanvarʻ kuni Gaagadagi BMT Xalqaro sudi JARning Isroilni Gʻazoda falastinliklarga qarshi genotsid uyushtirganlikda ayblab kiritgan daʻʻvosi yuzasidan hukm chiqardi. Aksariyat mamlakatlar, xususan JAR, shuningdek, HAMAS harakati tomonidan olqishlangan, Isroil va uning ittifoqchilari raddiya bergan qaror aslida nimani anglatadi? Bu yakuniy hukmmi yoki Isroilga qarshi keng koʻlamli hukmlarning boshlanishi? Azon Global ushbu mavzuni oʻrgandi.

Xalqaro Sud 26 yanvardagi qarori bilan Isroilning xalqaro huquqdan ustun emasligi yoki adolat eta olmaydigan martabada emasligi haqida umid uchqunini porlatdi.

***

2023 yil 29 dekabrda Janubiy Afrika Respublikasining “Genotsid jinoyatining oldini olish va jazolash toʻgʻrisidagi konventsiya”ni (Genotsid konventsiyasi) talablarini oshkora buzganligi vaji bilan Isroilga qarshi Xalqaro sudda ochgan daʻʻvo arizasida ish boʻyicha soʻralgan himoya choralar boʻyicha tinglovlar, 2024 yil 11-12 yanvarʻ kunlari boʻlib oʻtdi. Jahon jamoatchiligi ushbu eshituvlar natijalari eʻʻlon qilinishini katta qiziqish bilan kutayotgan edi. Sud kecha oʻz qarorini eʻʻlon qildi. Xalqaro sud oʻz qarorini shunchalik tez – 14 kunda eʻʻlon qildiki, hatto 2022 yilda Ukraina tomonidan Rossiyaga qarshi Genotsid konventsiyasining buzilishi sababli qoʻzgʻatilgan ish boʻyicha ham bunchalik tez harakat qilmagandi. Bu borada, albatta, har ikki holat taqqoslangani va Gʻazodagi qatliomning dahshati eʻʻtiborga olingani ayon.

Vaqtinchalik himoya qarori

Avvalo shuni eslatib oʻtish kerak: eʻʻlon qilingan himoya choralari haqidagi sud qarori favqulodda qaror hisoblanadi. Chunki zudlik bilan choralar koʻrilmasa, tuzatib boʻlmaydigan zarar yuzaga kelishi mumkin. (Ancha kech ham qolindi, aslida!)

Dastlabki bosqichda faqat Janubiy Afrika tezislarining gʻalabasi va Isroil tezislarining rad etilishi sifatida talqin qilinishi mumkin boʻlgan mazkur qaror oxir‑oqibat Isroilning harakatlari genotsid sifatida qayd etiladi, degani emas hali. Darhaqiqat, 1993 yilda Bosniya-Serbiya ishi boʻyicha ochilgan genotsid daʻʻvosida ham oʻsha yili baʻʻzi vaqtinchalik himoya choralari koʻrildi, ammo oradan 14 yil oʻtib chiqarilgan yakuniy qarorda Srebrenitsa qirgʻini voqeasidan boshqa hech qanday hodisa genotsid sifatida qayd etilmadi.

Boshqa tomondan, vaqtinchalik choralar xuddi yakuniy qarorlar kabi majburiydir. Zero 1999 yildan beri bunday shubhaga oʻrin qolmadi. Sudning oʻsha yilgi mashhur LeGrand qarori bu masala boʻyicha har qanday bahs-munozaralarga chek qoʻydi. Garchi bu ishda ayblanuvchi tomon boʻlgan Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh) sud tomonidan koʻrilgan vaqtinchalik choralarga rioya qilmagan boʻlsa-da, ish oxirida Sud vaqtinchalik choralarga rioya qilmaslikni alohida qonunbuzarlik deb topdi.

Shuning uchun Isroil kecha unga qarshi chiqarilgan qarorni bajarishga majbur. Qabul qilingan qaror doirasida 6 ta alohida chora-tadbirlar mavjud. Shunga koʻra, Isroil davlatiga:

Genotsid toʻgʻrisidagi konventsiya boʻyicha olgan majburiyatlariga muvofiq, Gʻazoda falastinliklarga qarshi ushbu Konventsiyaning 2-moddasida koʻrsatilgan harakatlar (maʻʻlum bir ijtimoiy guruh aʻʻzolarini oʻldirish, guruh aʻʻzolariga ogʻir jismoniy yoki ruhiy zarar etkazish, guruhning hammasi yoki bir qismini yoʻq boʻlib ketishiga olib borar darajada turmush sharoitini yomonlashtirib yuborish, tugʻilishlarning oldini olish) sodir etilishining oldini olish;

oʻz harbiy qismlari va oʻziga bogʻliq harbiy guruhlar tomonidan oldingi moddada koʻrsatilgan harakatlarni amalga oshirishiga yoʻl qoʻymaslik;

falastinliklarga qarshi toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiqdan-ochiq genotsidga gij-gijlagan va shunga chaqirganlarni cheklash va jazolash;

falastinliklar duchor boʻlgan halokatli hayot sharoitlarini bartaraf etish uchun Gʻazoga shoshilinch zarur boʻlgan asosiy xizmatlar va insonparvarlik yordamlarini etkazib berishni taʻʻminlash;

Gʻazo sektoridagi falastinlik guruhlar aʻʻzolariga qarshi sodir etilgan deb daʻʻvo qilingan genotsid konventsiyasiga zid keluvchi harakatlarni tasdiqlovchi dalillar yoʻq qilinishining oldini olish va  saqlanishini taʻʻminlash uchun barcha zarur choralarni darhol va samarali koʻrish majburiyati yuklatildi.

Bundan tashqari, hukmda bayon etilgan chora-tadbirlarning bajarilishi toʻgʻrisida 1 oy ichida Sudga hisobot taqdim etishi kerak.

Janubiy Afrika nimalar talab qilgandi, qanday qaror qabul qilindi?

Mazkur choralar Janubiy Afrika tomonidan talab qilingan choralarning hammasi emas. Zotan qarorni eʻʻlon qilgan sud raisi, sudya Jan Donag sud bu masalada biroz murosasozlik bilan harakat qilganini taʻʻkidladi.

Eng hayratlanarli tomoni shundaki, harbiy harakatlarni butunlay toʻxtatish talabi toʻliq qabul qilinmadi. Bu holat qarorni kutayotganlarning hafsalasi pir boʻlgan boʻlishi mumkin. Ayni paytda, amalga oshirilgan harbiy amaliyotlar haqida hech narsa aytilmadi deyish ham toʻgʻri boʻlmaydi. Amalga oshirilgan chora aslida amaliyotlar koʻlami va shakliga nisbatan cheklovchi xususiyatga ega. Chunki bayonotning umumiyligi va talqin qilish uchun ochiqligi aniq xulosa chiqarishni qiyinlashtirsa-da, bu harbiy harakatlarni "Genotsid konventsiyasining buzilishiga olib kelmaydigan holatga keltirishni taʻʻminlash"ning yagona maʻʻnosi boʻlishi mumkin.

Janubiy Afrikaning yana bir talabi genotsid konventsiyasini buzgan holda harakatlar sodir etgan deb topilgan barcha shaxslarni, xoh u askar boʻlsin, xoh tinch aholi, jazolash majburiyatini yuklash edi. Sudning amaldagi qarorida faqat toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiqdan-ochiq genotsidni qoʻzgʻatuvchi xatti-harakat qilgan shaxslar bilan cheklanilgani ham eʻʻtiborga molik.

Bundan tashqari, qarorda Isroilga Janubiy Afrika talab qilganidek, 1 hafta ichida emas, balki 1 oy ichida hisobot berish majburiyati yuklangani, hozirgi hujumlarning halokatliligini hisobga olsak, juda uzoq vaqtligi ayon boʻladi. Boshqa tomondan, xuddi shu majburiyat 2019 yildagi Mʻyanma ishida 4 oy boʻlganini hisobga olsak, 1 oy juda uzoq emas deb talqin qilish mumkin. (Yaʻʻni, shunisiga ham shukr deyishga majburmiz!) Ushbu chora bilan bogʻliq eng muammoli masala shundaki, u bitta hisobot topshirish majburiyati bilan cheklangan, muayyan davrlarda qoʻshimcha hisobotlar taqdim etish majburiyati yoʻq. Bu holat Janubiy Afrikaning iltimosiga ham, Mʻyanma ishida berilgan qarorga ham zid.

Qabul qilingan ehtiyot choralarini asoslashda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) organlari va ixtisoslashgan idoralari tomonidan berilgan hisobot va bayonotlarga keng havola qilingani ham diqqatga sazovordir. Chunki koʻp yangraydigan: "Buncha bayonot va qoralashdan nima foyda?" kabi savollarga shu oʻrinda javob berilgan boʻldi: Agar oʻsha saʻʻy-harakatlar va bayonotlar boʻlmaganida, ehtimol, bugungi kunda ushbu ehtiyot chora-tadbirlarini qoʻllash uchun huquqiy asosni ham yaratib boʻlmas edi. Bu barcha manbalardagi chidab boʻlmas dahshatli maʻʻlumotlar, hatto mustaqil manbalarning tasdiqlanmagan talqinlari bilan ham, butun dunyo jamoatchiligi oldida Gʻazodagi gumanitar falokat holatini tasdiqlanishini taʻʻminladi. Ehtimol shuning uchundir, qaror baʻʻzan 15ga qarshi 2, baʻʻzida 16ga qarshi 1 kabi mutlaq koʻpchilik ovoz bilan qabul qilindi. Hatto Isroil tomonidan tayinlangan sudya Barak ham baʻʻzi vaqtinchalik himoya choralariga qoʻshilishga majbur boʻldi.

Xalqaro Sud 26 yanvardagi qarori bilan Isroilning xalqaro huquqdan ustun emasligi yoki adolat eta olmaydigan martabada emasligi haqida umid uchqunini porlatdi.  Albatta, buning uchun "Jahon sudi"ni Isroilning shafqatsiz tajovuziga qarshi baʻʻzi qarorlarni eʻʻlon qilishga olib borishda katta saʻʻy-harakatlar qilgan Janubiy Afrika hukumatidan, Janubiy Afrikaning bu ish boʻyicha huquqshunoslar hayʻʻatidan va bugungi kunga qadar Gʻazoda sodir boʻlgan vahshiyliklarga doir dalillarni eng ogʻir sharoitlarda toʻplash va saqlashga muvaffaq boʻlgan barchadan qarzdormiz.

Mavzuga aloqador