30.01.2024 10:13

AQShda migrantlar inqirozi Texas va Bayden maʻʻmuriyati oʻrtasidagi ziddiyatlarni kuchaytirmoqda

AQShning Texas shtati mamlakatning janubiy chegaralaridan oqib kelayotgan noqonuniy muhojirlarga qarshi qatʻʻiy qonunlar qabul qilib, chegaralarga tikanli sim toʻsiqlarni oʻrnatmoqda. Bu esa Jo Bayden boshchiligidagi federal hukumatga maʻʻqul kelayotgani yoʻq. Natijada chegara hududida federal hukumatga boʻysunuvchi chegara xizmati hamda shtat maʻʻmuriyati boʻysinuvidagi Milliy gvardiya xodimlari oʻrtasida ham ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda. Azon Global tahlilchisi Muhammad Dovud Asadulloh ushbu vaziyatga bir qur nigoh tashladi.

 

Bayden maʻʻmuriyati va Texas gubernatori Greg Abbott oʻrtasida immigratsiya siyosati boʻyicha qarama-qarshilik yuzaga keldi. Bu ziddiyat Texasning federal buyruqlarni buzgani va AQSh-Meksika chegarasi boʻylab koʻproq tikanli simlarini oʻrnatishi sababli yana ham jiddiy tus oldi.

Muhojirlarning chegaradan oʻtishiga chek qoʻyishga qaratilgan tikanli simlarni chegara hududi boʻylab oʻrnatish masalasi mojaroning asosini tashkil qiladi. AQSh janubiy chegarasida muhojirlar inqirozi davom etar ekan, shtat va mamlakat rahbariyati oʻrtasidagi kelishmovchilik yanada kuchaymoqda.

Texas gubernatori Greg Abbott muhojirlarning boshpana soʻrashi uning shtatiga "bosqin" ekanligini eʻʻlon qilgan va chegaradagi federal hokimiyatni oʻz qoʻliga olganini oqlab chiqqan edi.

Bayden maʻʻmuriyati va Texas oʻrtasida qarama-qarshilikning asosi Kongress shu hafta muhokama qiladigan ikki partiyaviy immigratsiya qonuni bilan bogʻliq. Prezident Bayden, agar qonun loyihasi qoʻllab-quvvatlansa, muhojirlarning AQShga kirishini toʻxtatishini taʻʻkidladi.

Kelishmovchilikning yana bir asosi shunda: Bu Texasning chegara xizmati federal xizmat xodimlarini Mektssikadan noqonuniy ravishda kesib oʻtadigan migrantlar uchun asosiy oʻtish nuqtasi boʻlgan AQSh-Meksika chegarasidagi zonaga kiritishdan bosh tortishi bilan bogʻliq. Ushbu bahs noqonuniy kesib oʻtish va Texasning Rio Grandedagi suzuvchi toʻsiqlar kabi agressiv chegara choralarini qoʻllashi bilan yana ham zoʻraydi.

Texas yaqinda muhojirlarni noqonuniy kirish aybi bilan hibsga olishga ruxsat beruvchi yangi qonunni qabul qildi va bu Bayden maʻʻmuriyati bilan munosabatlarni yanada keskinlashtirdi. Federal hukumat, agar shtat hukumatga mamlakatga noqonuniy ravishda kirgan muhojirlarni hibsga olish, qamoqqa olish, jinoiy javobgarlikka tortish va deportatsiya qilish imkonini beruvchi ushbu qonunni qoʻllasa, Texas hukumatiga nisbatan qonuniy choralar qoʻllashi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Ushbu keskinliklarga javoban Bayden maʻʻmuriyati AQShdagi tartibsiz immigratsiyaga qarshi eng qattiq qoidalardan biri boʻlgan SB4 qonuni boʻyicha Texasni sudga berish bilan tahdid qildi. Mazkur qonun mahalliy hokimiyat organlariga tegishli hujjatlarsiz shaxslarni hibsga olish va deportatsiya jarayonini boshlash huquqini beradi.

Davom etayotgan kelishmovchiliklar fonida gubernator Greg Abbott oʻzini Bayden maʻʻmuriyatining pozitsiyasiga qarshi ekanligini eʻʻlon qildi va chegara boʻylab qoʻshimcha tikanli simlarni oʻrnatishga vaʻʻda berdi. AQSh-Meksika chegarasini nazorat qilish ustida kurashning kuchayishi immigratsiya siyosati va ularni qoʻllash bilan bogʻliq murakkab muammolarni oʻrtaga chiqarishi mumkin.

AQSh Chegara xizmati 2021 yil yanvarʻ oyi — Bayden maʻʻmuriyatining boshidan beri 2023 yil dekabrigacha chegarani noqonuniy kesib oʻtmoqchi boʻlgan 6,3 million muhojirga toʻqnash kelgan. Ularning qariyb 4 millioni yoki taxminan 58 foizi qisman Texasdagi chegara sektorlarida boʻlgan. Qolaversa, Milliy xavfsizlik departamenti hisob-kitoblariga koʻra, 1,6-1,8 millionga yaqin noqonuniy muhojirlar chegara xizmati tomonidan qoʻlga olinmasdan, xavfsiz ravishda mamlakat ichiga kirib ketgan.

Chegarani noqonuniy kesib oʻtuvchilar soni ortgani sababli Texas gubernatori Greg Ebbott 2021 yil martda chegara xavfsizligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Texas milliy gvardiyasi, Texas jamoat xavfsizligi departamenti (DPS) va boshqa huquq-tartibot xodimlarini joylashtirish boʻyicha shtat darajasidagi tashabbus boʻlgan Lone Star operatsiyasini boshladi. Chegara xizmati va Texas agentliklari oʻrtasida  kelishmovchiliklar avvaldan boʻlib kelgan.

Vaziyatni yana ham jiddiylashtirgan holat shu boʻldiki, Texas Milliy gvardiyasi 2023 yil oktabrigacha Eagle dovoni yaqinidagi chegaraga 70 mingga yaqin tikanli sim joylashtirgan edi. Chegara xizmati xodimlari bundan norozi boʻldi, chunki bu ularning chegara boʻylab harakatlanishlari, ayniqsa daryo qirgʻogʻidan oʻtish imkoniyatini cheklardi. Texas Milliy gvardiyasi va DPS vaqti-vaqti bilan xavf ostida qolgan muhojirlarga koʻmak berish yoki ularni chiqarib yuborish yoxud qoʻyib yuborish maqsadida simlarni uzib qoʻyishadi, biroq Chegara xizmati bu simlarni butunlay kesib tashlash kerak, deya Texas bilan  kelishmovchilik yuzaga chiqardi.

2023 yil sentyabrʻ oyida Chegara xizmati Texas milliy gvardiyasi orqali Eagle Passda (Texas) oʻrnatilgan tikanli simni kesishni boshladi. 24 oktabrʻ kuni esa Texas shtati federal sudda chegara xizmatini simni kesishni toʻxtatishni talab qildi. Sud bu talabni rad etdi. Shundan soʻng Texas beshinchi sud uchun Qoʻshma Shtatlar apellyatsiya sudiga shikoyat qildi. Sud favqulodda holatlardan tashqari chegara xizmatidan simlarni kesmaslikni buyurdi.

Shundan soʻng vaziyat biroz yumshadi. Biroq 10 yanvarʻ kuni Texas shtati Eagle Pass shahriga tegishli va Rio-Grandiga tutashgan Shelbi-parkni egallab oladi. Tagʻin vaziyat keskin nazoratdan chiqib ketdi. Shundan soʻng Texas Milliy gvardiyasi bogʻ atrofida toʻsiqlar oʻrnatdi va chegara xizmati xodimlariga bogʻ obʻʻektlariga, jumladan, qayiq rampasiga kirishini taqiqlab qoʻydi.

Yigirma besh nafar respublikachi gubernator, gubernator Ebbott va uning Texas shtatini “noqonuniy muhojirlar, fentanil kabi halokatli dorilar va terrorchilar” ishgʻol etayotgani haqidagi daʻʻvosini qoʻllab-quvvatlovchi qoʻshma bayonot chiqardi. Ebbotning bayonotini yana koʻpchilik qoʻllab quvvatladi

Huquq professori, Texas A&M universiteti huquq fakulʻtetining immigrantlar huquqlari klinikasi direktori Fatma Marufning taʻʻkidlashicha, "Texasning bu harakati boshpana soʻrash huquqiga taʻʻsiri koʻrsatadi hamda juda tashvishli".

“Bizning immigratsiya qonunchiligimizda taʻʻqibdan qochgan odamlar uchun boshpana izlash huquqi kafolatlangan. Tikanli sim yotqizish esa biz qilayotgan ishning aksi”, dedi u.

Bayden Ukraina urushi va boshqa tashqi siyosat jabhalariga koʻproq mablagʻ yoʻnaltirish maqsadida chegarani yopish niyatida.

( https://www.wsws.org/en/articles/2024/01/29/sizq-j29.html )

Juma kuni kechqurun Oq uy eʻʻlon qilgan bayonotda prezident Jo Bayden oʻzining respublikachi "hamkasblariga" agar respublikachilar 110 milliard dollarlik qoʻshimcha moliyalashtirish paketini qabul qilishga yordam berishsa, AQSh-Meksika chegarasini toʻliq "yopib qoʻyish"ga vaʻʻda berdi.

Qoʻshimcha moliyalashtirish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi, shuningdek, Isroil uchun 14,5 milliard dollar, chegara xavfsizligi uchun 14 milliard dollar hamda Tayvan va AQSh bilan Xitoyga qarshi boshqa Janubiy Osiyo rejimlariga harbiy yordam uchun yana milliardlab mablagʻni nazarda tutadi.

Respublikachilar uchun qoʻshimcha paket boʻyicha etakchi muzokarachilardan biri hisoblangan senator Jeyms Lankford taklif qilingan ikki partiyaviy Senat qonun loyihasida chegara siyosatidagi keskin oʻzgarishlarni taʻʻkidladi. U Fox News Sunday dasturiga shunday dedi:

“Qonun loyihasi har kungi noqonuniy kesib oʻtishni nolga tushirishga qaratilgan. Amnistiya yoʻq. Bu chegara xizmati xodimlari sonini koʻpaytiradi, boshpana xizmati xodimlarini koʻpaytiradi. Bu hibsxonalarni koʻpaytiradi, shu orqali biz odamlarni tezroq hibsga olishimiz va soʻng deportatsiya qilishimiz mumkin boʻladi.

Muhammad Dovud Asadulloh

 

Mavzuga aloqador