“HAMAS”siz dunyo tinchroq boʻlarmidi…
“Aqso toʻfoni” boshlanganidan soʻng isroilliklarning HAMASni tor-mor etish haqidagi hayqiriqlari avj oldi va ularga gʻarbning yirik davlatlari ham qoʻshildi. Ularning maqsadi Gʻazo sektoridagi HAMAS boshqaruvini tugatish va Falastin hukumati qarorlarini qabul qilishda uning taʻʻsirini yoʻqotish edi. Bu harakatlar HAMASni dunyo xalqlari oldida terror tashkilot sifatida gavdalantirish, shuningdek uni Yaqin Sharqdagi tinchlik va osoyishtalikka halal beradigan yagona toʻsiq qilib koʻrsatish, arab mamlakatlarining tashqi aloqalari, xavfsizligi uchun tahdid etib namoyon qilish tashviqotlari bilan boshlandi.
Demak, ularning fikricha, HAMAS barcha muammoning
sababchisi, HAMASning yoʻq qilinishi mintaqadagi tinchlikka olib boradigan yagona
yoʻl.
Keling, ularning bu daʻʻvolarini, hotirjamlik va
obʻʻektiv nazar bilan tahlil qilib koʻramiz. HAMASga qarshi dunyoni va ommaviy
axborot vositalarini safarbar qilganlar quyidagi oddiy savollarimizga javob
berishsin:
1. HAMAS 1948 yildagi urushdan va “Isroil birligi” tashkil etilganidan
taxminan qirq yil oʻtib, yaʻʻni 1987 yilda, Falastinni boʻlish
toʻgʻrisidagi qarordan keyin paydo boʻldi. Demak, HAMAS paydo boʻlishidan oldin ham
mintaqada tinchlik boʻlmagan. Xoʻsh, “tinchlikparvarlar” qirq til davomida
falastinliklarga oʻz haq-huquqlarini berish, Isroil ishgʻolini toʻxtatish, Birlashgan
Millatlar Tashkiloti qarorlarini amalga oshirish uchun nima qildilar oʻsha paytda?! U
paytda HAMAS degan toʻsiq yoʻq edi-ku?!
2. 1993 yilda imzolangan “Oslo” kelishuvidan
30 yil oʻtib, ushbu kelishuvning amalga oshirilishiga kim toʻsqinlik qildi?
Vaholanki, bu kelishuvga koʻra Falastin
Ozodlik Tashkiloti rahbariyati besh yil ichida Gʻarbiy Sohil va Gʻazo sektorida
mustaqil Falastin davlatini barpo etishga umid qilgan edi. Kelishuv jarayonini kim
buzdi? Muhojirlar sonini ikki barobar oshishiga sababchi boʻlgan, erlarini musodara qilgan, muqaddas qadamjolarini yahudiylashtirgan va Falastin maʻʻmuriyatini ishgʻolga
xizmat qiluvchi funktsional xavfsizlik tashkilotiga aylantirgan kim? Isroil
emasmi?
3. “Arab
tinchlik tashabbusi”
(Saudiya Arabistoni qiroli Abdulloh ibn
Abdulaziz tomonidan Isroil va Falastin oʻrtasida – Yaqin Sharqda tinchlik oʻrnatish
uchun boshlanga tashabus)dan atigi yigirma yil oʻtib, uni mensimay barbod qilganlar
Isroil istilochilari emasmidi?
4. Ular aytganidek, hamma ayb HAMASda boʻlsa, HAMAS tashkiloti
boʻlmaganida isroilliklar falastinliklarga Gʻazo va Gʻarbiy sohilda toʻliq mustaqil
davlat sifatida yashashlariga yoʻl qoʻyib bermasmidi?!
Endi oʻzingiz oʻylang, muammo HAMASdami, yoki sionistik
mafkuraning mohiyatidami, yoxud Isroildagi
hukmron tafakkurdami?
HAMAS Yahyo Ayyosh oʻldirilishining qasosi sifatida 1996 yil 3 martda bir qancha operatsiyalar
amalga oshirdi. Bu harakatlar Isroil hukumatini jiddiy larzaga soldi va darhol
barqarorlik jarayonini qoʻllab-quvvatlash va "terrorizm" bilan kurashish
maqsadida gʻarb davlatlari, Isroil birligi, Falastin hukumati va baʻʻzi arab
mamlakatlari 13 mart kuni Misrda “Tinchlik oʻrnatuvchilar
konferentsiyasi”ni oʻtkazdilar. Konferentsiya ortidan Falastin maʻʻmuriyati ishgʻolchi Isroil va Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan hamkorlikda,
barcha zulm va shafqatsizlik vositalarini qoʻllagan holda, HAMASga qarshi shafqatsiz
kurash boshladi. Falastin hukumati oʻshanda qarshilik koʻrsatuvchi kuchlarning
hammasini boʻlmasa ham, koʻp qismini yoʻq qilishga muvaffaq boʻldi. U HAMASning
tashkiliy tuzilmasiga zarba berish va uning asosiy bazasini boʻgʻishni qoyilmaqom
uddaladi! Keyingi toʻrt yil ichida ham
Falastin hokimiyati Isroil talablarini qondirib bordi. Isroil esa bunga javoban
yahudiylashtirish, hududlarni egallashdan boshqa ish qilmadi. Tinchlik kelishuvlaridan faqat
niqob sifatida foydalandi. Nihoyat, bu qilmishlar 2000 yilga kelganda
“Ikkinchi Kemp Devid muzokaralari” muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlanishiga olib
keldi. Oqibatda Yosir Arofatning mustaqil Falastin davlati orzusi butunlay
soʻndi.
Yana savol tugʻiladi: Oʻsha paytda HAMASning taʻʻsir kuchi deyarli yoʻq qilingan
edi. Nega kelishuvlar muvaffaqiyatsiz yakunlandi, nega tinchlikka erishilmadi? Bunga
ham HAMAS aybdormi?!
Yuqoridagi voqealardan biroz vaqt oʻtgach, HAMAS oʻzini qayta tikladi va jamoatchilik tomonidan
misli koʻrilmagan qoʻllab-quvvatlashlarga erishdi. Natijada, 2006 yilgi qonunchilik palatasi
saylovlarida gʻalaba qozondi.
2007 yildan buyon Falastin hokimiyati
tomonidan “HAMASsiz dunyo” yaratishga urinish
davom emoqda. Shu sababdan HAMAS ham markaziy hokimiyat
tazyiqidan, ham Amerika-Isroil zulmidan aziyat chekib kelmoqda.
16 yildan keyin vaziyat qay holatga keldi?
HAMAS Gʻarbiy sohildagi eng koʻp qoʻllab-quvvatlovga ega
yoki hech boʻlmaganda amaldagi “Fath” partiyasiga teng raqobat qila oladigan tashkilotga aylandi. Hatto, Gʻazo sektorida
mashaqqatli qamal va 16 yil davomida beshta halokatli urush olib borilgani HAMASni
yanada kuchliroq va xalq orasida mashhurroq qildi. Bundan xavfsiragan “Fath” esa
2021 yil bahordagi saylovlardan “hali toʻlaqonli erkin
saylovlar oʻtkazish uchun qulay vaziyat yuzaga kelmagani”ni vaj qilib qochib qoldi va hozirgacha ham qochib yuribdi.
Yana savol paydo boʻladi: HAMASni yoʻq qilish falastin
xalqining irodasimi, yoki bosqinchi Isroilning xohishimi?
Isroil va uning ittifoqchilari Falastin xalqi ustidan
hukm chiqarish huquqiga egami? Falastin xalqining ham oʻz rahbari va hukumatdagi vakillarini mustaqil saylash
huquqi bormi?
Nega Gʻarb dunyosi, baʻʻzi arab mamlakatlari va ularning
ittifoqchilari Falastindagi vaziyatni Isroil istaklari va standartlariga koʻra
moslashtirishga intilmoqda? Buning oʻrniga yuzlab xalqaro rezolyutsiyalar va
xalqlarning oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqiga muvofiq bosqinni tugatish
harakatini qilishlari kerak emasmidi?!
Bosqinchi Isroilning “Xalqaro qonunlardan ham ustun davlat”
sifatida qolishi boshqa xalqlar ustidan hukmronlik va ularni boʻysundirish evaziga
boʻlishi mumkin xolos. Shuning uchun ham Falastin, agar ishgʻol kuchlarining istagini emas, oʻz siyosiy
xohish-istaklarini toʻla amalga oshirgan holda HAMASni tanlasa, oʻz xalqining
irodasini amalga oshirgan boʻladi.
HAMAS hozirgacha Amerika yoki Isroilning emas, Gʻazo
xalqining xohish-istaklarini amalga oshirib kelmoqda. Soʻzimizning isbotini
Isroilning uch oydan buyon amalga oshirayotgan
xunrezliklariga qaramay, Gʻazo xalqi
HAMASni qoʻllab-quvvatlayotganidan bilish mumkin. Isroilning qirgʻinlari xalqning
ularga nisbatan qoʻrquvini emas, balki aksincha, Isroil ishgʻolini yoʻq qilish
istagini oshirib yubordi. Yaʻʻni, Isroilning HAMASni yoʻq qilish istagi HAMASni yanada
kuchliroq qildi va hatto bosqinchilikning xunuk chehrasi tobora oshkor boʻlgan bir paytda,
uning qarshilik va ozodlik harakati sifatida Falastin, Arab olami, Islom dunyosi va
global miqyosda qiymatini oshirdi.
Xalq HAMAS bilan birga ekanining yana bir dalili: joriy
yilning 13 dekabrʻ sanasida “Falastin Siyosiy Tadqiqodlar Markazi”
oʻtkazgan soʻrovnomada xalq HAMAS atrofida birlashayotgani, uni
qoʻllab-quvvatlovchilar, Mahmud Abbosning
esa isteʻʻfosini xohlayotganlar mutlaq koʻpchilikni tashkil etishi maʻʻlum boʻldi.
Balki arab va islom dunyosidagi eng mashhur, ommabop
partiyalar boʻyicha tanlov oʻtkazilganda katta ehtimol bilan HAMAS eng koʻp ovoz
toʻplagan boʻlar edi. Agar dunyo etakchilari orasida ham saylov oʻtkazilsa, biz hali
yuzini ham koʻrmagan Abu Ubayda har kuni turli koʻrinishlarda namoyon boʻlayotgan
etakchilardan koʻra koʻproq ovoz toʻplagan boʻlar edi.
HAMAS va xalqaro hamjamiyat
Agar HAMAS boʻlmaganida dunyo hamjamiyati Falastin muammosiga eʻʻtibor
qaratarmidi?!
HAMAS tashkil etilgandan beri voqelik shuni
koʻrsatmoqdaki, har safar HAMASning qarshilik harakatlari kuchayganida BMT va uning institutlari ham Falastin muammosini
koʻtarib qolishadi. Va aksincha, aholi punktlari asta-sekin sionistlar qoʻliga oʻtib, yahudiylashtirila boshlasa
va “tinchlik” oʻrnatilsa, xalqaro hamjamiyat ham, BMT ham jimib qoladi. Isroil esa
bu jimlikdan Falastin mavzusini asta yopish, Falastin xalqini huquqlaridan mahrum
qilish uchun imi-jimida foydalanib qoladi. Bu haqda Doktor Valid Abdul Hay kabi
koʻplab tadqiqotchilar bir necha bor yozishgan.
HAMAS va terror
Bir qancha Gʻarb davlatlari HAMASni terrorizm va tinch
aholini oʻldirishda ayblashmoqda. Lekin falastinliklar va musulmon xalqlar nazdida
HAMAS moʻʻʻtadil, ochiq, islomiy, milliy ozodlik harakati. Uning mavjudligi
sionist terrorizmi va Isroil ishgʻoliga qarshi kurashish bilan bogʻliq.
HAMASni tor-mor etishga va zararsizlantirishga urinish
ozodlik gʻoyasining mohiyatini tugatmaydi, chunki bu oʻz taqdirini oʻzi belgilashga
intilayotgan har bir xalqning muqaddas va ajralmas huquqidir. HAMASni
“terrorchilik”da ayblash, ishgʻolga qarshi har qanday qonuniy qarshilik koʻrsatishning
oldini olish vositasi, xolos. (Huddi bir paytlar ota-bobolarimiz “bosmachilik”da
ayblanganidek. Izoh tarjimondan)
Tinch aholini oʻldirish daʻʻvosiga kelsak, HAMAS tashkil
topganidan beri asosiy eʻʻtiborni harbiy obʻʻektlarga qaratishga uringan. Bunga
dalil 1994 yili sionistlar tarafidan amalga oshirilgan Ibrohimiy
masjidi qatliomidan soʻng, HAMAS bosqinchilarga tinch aholini oʻldirmaslikni taklif
qilgan edi, ammo bosqinchilar buni eʻʻtiborsiz
qoldirib, qirgʻinlarini davom ettirdi.
Maʻʻlumot oʻrnida yana aytish mumkinki, hujjatlashtirilgan
statistik maʻʻlumotlarga koʻra, Isroil bosqini 2000 yildan
to 7 oktyabrgacha, yaʻʻni “Aqso toʻfoni” boshlanguniga qadar 11
mingdan ortiq falastinlikni oʻldirgan, ularning aksariyati tinch aholi edi. Hozir
ham butun dunyo Gʻazo sektoridagi sionistik qirgʻinlarga guvoh boʻlib turibdi.
Keling, faqat HAMASga “terror” tamgʻasini urishdan oldin, “sionistik terrorizm”
haqida ham gapiraylik.
Falastin moʻʻʻtadil Islom tsvilizatsiyasining musulmon olamidagi eng kuchli, chuqur va
keng maktabi sifatida gavdalanmoqda. Falastin oʻzining buyuk diniy maqomi va
merosi bilan har bir arab va musulmonning vijdoni va qalbida chuqur oʻrinni
egallaydi. Shuning uchun hatto HAMAS yoʻq qilib yuborilsa ham bu harakat yana qayta
takrorlanaveradi. Chunki bu faqat HAMASning daʻʻvosi emas, balki ozodlikka chanqoq
Falastin xalqining daʻʻvosidir. Bu Falastin jamiyati va millatida mustahkam
oʻrnashgan mafkuradir.
Shuning uchun ham buni yaxshi tushunib turganlar faqatgina
HAMASni yoʻq qilish bilan kifoyalanib qolmaydi. Balki ular butun Falastin xalqi,
uning tirik va erkin kuchlari qarshiligini nishonga olishadi. Falastin xalqiga
nisbatan ishgʻol, adolatsizlik va zulmning davom etishi uchun qulay muhit
istaydilar. Ular irodasiz, qadriyatsiz, raqsga
tushadigan, oʻyin-kulguga berilgan Falastin xalqini xohlaydilar.
Shu sababdan, jahon xalqlari, xalqaro hamjamiyatlar butun eʻʻtiborlarini
mustamlaka va bosqinchiliksiz dunyoni, tajovuzkor sionistik loyihadan xoli
boʻlgan, xalqlarning iroda erkinligini hurmat qiladigan dunyoni yaratishga
qaratishlari kerak.
Doktor Muhsin
Muhammad Solih,
“Zaytuna
tadqiqotlar va maslahatlar markazi” bosh direktori