Shavkat Mirziyoevning Xitoyga davlat tashrifi: asosiy maʻʻlumotlar
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 23 yanvarʻ kuni davlat tashrifi bilan Xitoyga bordi. Tashrif davomida muhim uchrashuv va muzokaralar boʻlib oʻtdi. Azon Global ushbu tashrifning eng muhim jihatlarini qisqacha tarzda eʻʻtiboringizga havola etadi.
23 dekabrʻ
Oʻzbekiston
prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinʻpinning taklifiga
binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.
Davlat
rahbarini “Shoudu” xalqaro aeroportida XXR madaniyat va turizm vaziri Sunʻ Eli va
boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
24 yanvarʻ
Shavkat
Mirziyoev XXR Davlat kengashi bosh vaziri Li Tsyan bilan uchrashdi. Uchrashuvda Iinfratuzilmani
modernizatsiya qilish, sanoat kooperatsiyasini, qishloq xoʻjaligida texnologiyalar
transferini kengaytirish va “yashil” energetikani rivojlantirish boʻyicha alohida
hamkorlik dasturlarini tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek,
Xitoyning etakchi bank-moliya institutlari bilan amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish
hamda Xitoy kompaniyalarining Oʻzbekistondagi xususiylashtirish jarayonlarida
ishtirok etishi istiqbollari koʻrib chiqildi.
Shavkat
Mirziyoev Xalq siyosiy maslahat kengashi Butunxitoy qoʻmitasi raisi Chjao Letszi bilan
ham uchrashuv oʻtkazdi. Unda
Oʻzbekiston texnik yoʻnalishlar boʻyicha mutaxassislar tayyorlash markazlarini tashkil
etish, Xitoyning ijtimoiy himoya va sugʻurta, aholiga manzilli yordam koʻrsatish
borasidagi tajribasini oʻrganishdan manfaatdor ekani taʻʻkidlandi.
Davlat
rahbari Pekindagi Tyanʻanʻmenʻ maydoniga tashrif buyurib, Xalq
qahramonlari yodgorligi poyiga gulchambar qoʻydi, XIX-XX asarlarda Xitoy
mustaqilligi va ozodligi yoʻlida qurbon boʻlganlarning xotirasiga hurmat bajo
keltirdi.
Oʻzbekiston
prezidenti Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bosh qarorgohiga tashrif
buyurib, bank prezidenti Tszinʻ Litsyunʻ bilan muzokara oʻtkazdi. Davlat rahbari
strategik xomashyoni chuqur qayta ishlash loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirish
hamda davlat-xususiy sheriklik asosida ijtimoiy ahamiyatga ega dasturlarni amalga
oshirish muhimligini qayd etdi.
Xitoyning
CNPC neftʻ-gaz korporatsiyasi raisi Day Xoulyan bilan uchrashuvda Oʻzbekistonda
erosti gaz saqlash sigʻimlarini barpo etish va gaz etkazish tizimlarini
modernizatsiya qilish, zamonaviy burgʻilash texnologiyalarini joriy qilish va
neftʻ-gaz tarmogʻi uchun mutaxassislar tayyorlash boʻyicha istiqbolli loyihalarni
amalga oshirish masalalari muhokama
qilindi.
Xitoy
Eksport-import banki raisi Vu Fulin bilan uchrashuvda esa Bankning Toshkent
shahrida mintaqaviy ofis ochish hamda transport va ijtimoiy infratuzilma, sanoat
va xususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha yangi istiqbolli loyihalarni
shakllantirish borasidagi rejalari koʻrib chiqildi.
Pekin
shahri Tyanʻanʻmenʻ maydonidagi Xalq yigʻinlari uyida Oʻzbekiston prezidentti Shavkat
Mirziyoevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi. Davlat rahbari
sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. XXR raisi Si Tszinʻpin Oʻzbekiston prezidenti
Shavkat Mirziyoevni kutib oldi.
Kutib
olish marosimidan soʻng 24 yanvarʻ kuni Shavkat Mirziyoev va Si Tszinʻpinning rasmiy
delegatsiyalar aʻʻzolari ishtirokidagi muzokaralari boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda:
·
“Bir
makon, bir yoʻl” tashabbusi doirasida Transmintaqaviy transport va tranzit
koʻprigining muhim tarkibiy qismi boʻladigan “Xitoy – Qirgʻiziston - Oʻzbekiston”
temir yoʻlini qurish boʻyicha amaliy ishlarni tez fursatda boshlash muhim ekani
taʻʻkidlandi;
·
taʻʻlim
va turizm sohasidagi hamkorlikni faollashtirish, oʻzaro madaniyat kunlarini oʻtkazish
amaliyotini davom ettirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi;
·
“Yagona
Xitoy” siyosati hamda “uch yovuz kuch”ga qarshi kurashish borasidagi pozitsiya oʻzgarmas
ekani tasdiqlandi;
·
Shavkat
Mirziyoev Si Tszinʻpinni tashrif bilan Oʻzbekistonga kelishga taklif qildi.
Oliy
darajadagi muzokaralardan soʻng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boʻlib
oʻtdi. Jumladan, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev va Xitoy raisi Si Tszinʻpin
“oʻzaro manfaatli hamkorlikni turli sohalarda har tomonlama mustahkamlash” va
boshqalar koʻzda tutilgan Qoʻshma bayonotni imzoladi.
Etakchilar
huzurida imzolangan hujjatlar:
–
Oʻzbekiston va Xitoy hukumatlari oʻrtasida atrof-muhitni muhofaza qilish
sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
–
Oʻzbekiston va Xitoy hukumatlari oʻrtasida texnik-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida
bitim;
– Oʻzbekiston
va Xitoy hukumatlari oʻrtasida inson resurslarini rivojlantirish boʻyicha hamkorlik
toʻgʻrisida bitim;
– Oʻzbekiston
va Xitoy hukumatlari oʻrtasida davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari hamkorligi
toʻgʻrisida bitim;
–
Oʻzbekiston Oliy taʻʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Xitoy Taʻʻlim vazirligi
oʻrtasida xitoy tilini oʻqitish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
–
Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Xitoy Bojxona bosh boshqarmasi oʻrtasida
Oʻzbekistondan Xitoyga noʻxat eksport qilishda fitosanitar talablar va nazorat toʻgʻrisida
bayonnoma;
–
Oʻzbekiston Transport vazirligi va Xitoy Islohotlar va rivojlanish davlat
qoʻmitasi oʻrtasida Xitoy – Markaziy Osiyo – Evropa temir yoʻl ekspresslari boʻyicha
hamkorlikni chuqurlashtirish toʻgʻrisida bayonnoma;
– Oʻzbekiston
Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Xitoy Tijorat vazirligi oʻrtasida yangi elektr
transport vositalari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida bayonnoma;
–
Oʻzbekiston Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi va Xitoy Qishloq
xoʻjaligi va qishloq masalalari vazirligi oʻrtasida kambagʻallikni qisqartirish
sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida ahdlashuv bayonnomasi;
–
Oʻzbekiston Oliy taʻʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Xitoy Fan va
texnologiyalar vazirligi oʻrtasida ilmiy-texnik hamkorlikni yanada mustahkamlash
toʻgʻrisida hamkorlik bayonnomasi;
–
Oʻzbekiston Texnik tartibga solish agentligi va Xitoy Standartlashtirish maʻʻmuriyati
oʻrtasida standartlashtirish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
–
Oʻzbekiston Transport vazirligi va Xitoy fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi oʻrtasida
“Havo ipak yoʻli”ni birgalikda barpo etish toʻgʻrisida kelishuv;
–
Oʻzbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi
huzuridagi Turizm qoʻmitasi va Xitoy Madaniyat va turizm vazirligi oʻrtasida
2024-2026 yillarda turizm sohasidagi hamkorlik rejasi;
– Toshkent
viloyati va Shenʻsi muzofoti oʻrtasida sheriklik aloqalarini oʻrnatish toʻgʻrisida
bitim;
–
Samarqand va Tsindao shaharlari oʻrtasida sheriklik munosabatlarini oʻrnatish
toʻgʻrisida bitim va boshqalar.
Oʻzbekiston-Xitoy munosabatlari boʻyicha muhim
maʻʻlumotlar
2023
yilda ikki davlat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash 50 foizga oshib, rekord koʻrsatkich
– 14 milliard dollarga etdi.
Bu
koʻrsatkichni shu jumladan yuqori sifatli sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini
oʻzaro etkazib berishni koʻpaytirish hisobiga 20 milliard dollarga etkazish rejalashtirilmoqda.
Keyingi
yillarda Xitoydan Oʻzbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar hajmi besh barobar,
qoʻshma korxonalar soni esa uch barobar oshdi.
Xitoydan
Oʻzbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 14 milliard
dollardan oshdi.
Oʻzbekistonda
Xitoyning “Lu Banʻ ustaxonasi” professional taʻʻlim tizimini joriy qilish boʻyicha
pilot loyiha boshlandi.