AQSh va Evropadagi yuzlab rasmiylar Isroilni qoʻllab-quvvatlash siyosatini tanqid qiluvchi jamoaviy maktubni imzoladi
AQSh, Buyuk Britaniya va Evropa Ittifoqi mamlakatlaridagi 800 dan ortiq iqtidordagi hukumat amaldorlari oʻz hukumatlarining Isroil va Gʻazo oʻrtasidagi urushdagi siyosatiga qarshi jamoaviy bayonotni imzoladi. “Hukumatlarimiz yuritayotgan siyosat xalqaro huquqning jiddiy buzilishi, urush jinoyatlari va hatto etnik tozalash yoki genotsidga olib kelish xavfiga ega”, deyiladi bayonotda.
AQSh, Buyuk Britaniya va Evropa Ittifoqi mamlakatlaridagi 800
dan ortiq iqtidordagi
hukumat amaldorlari oʻz hukumatlarining Isroil va Gʻazo oʻrtasidagi urushdagi
siyosati “xalqaro huquqning jiddiy buzilishi” boʻlishi mumkinligidan ogohlantiruvchi
jamoaviy bayonotni imzoladi.
Bir nusxasi BBC xizmatiga taqdim etilgan "transatlantik bayonot"da aytilishicha,
ularning maʻʻmuriyati "ushbu
asrning eng dahshatli insoniy ofatlaridan biri"ga sherik boʻlish xavfi
bor va ularning ekspert maslahatlari eʻʻtiborga olinmayapti.
Bu Isroilning Gʻarbdagi asosiy ittifoqchilari hukumatlari
oʻrtasidagi chuqur boʻlinishning yana bir belgisidir.
Imzolovchilardan biri, milliy xavfsizlik sohasida 25 yildan
ortiq tajribaga ega boʻlgan AQSh hukumati rasmiysi BBC`ga xavotirlariga nisbatan “davomiy eʻʻtiborsizlik” haqida
gapirdi.
"Mintaqani va uning dinamikasini tushunadiganlarning
ovozi eshitilmayapti", ‑ dedi u.
“Bu erda
haqiqatan ham farqli tomoni shundaki, biz shunchaki biror narsaning oldini olishga
qodir emasmiz, balki faol ishtirok etyapmiz. Bu mening xotiramdagi boshqa har
qanday vaziyatdan tubdan farq qiladi”, — deya qoʻshimcha qildi ismi sir qolishini
istagan amaldor.
Bayonot AQSh, Evropa Ittifoqi va Evropaning 11 davlati,
jumladan, Buyuk Britaniya, Frantsiya va Germaniya hukumat vakillari tomonidan
imzolangan.
Unda aytilishicha, Isroil Gʻazo sektoridagi harbiy
amaliyotlarida “hech qanday vazminlik koʻrsatmayapti”, “buning natijasida oʻn minglab tinch aholi oʻlimiga olib
kelgan; va... yordamni
ataylab toʻsib qoʻyish...
minglab tinch aholini ochlik va sekin oʻlim xavfiga duchor qilmoqda”.
“Hukumatlarimizning siyosati xalqaro huquqning jiddiy
buzilishi, urush jinoyatlari va hatto etnik tozalash yoki genotsidga olib kelishi aniq
xavfga ega”, deyiladi bayonotda.
Bayonotni imzolagan yoki qoʻllab-quvvatlagan shaxslarning
ismlari oshkor etilmagan. BBC muxbiri ismlarning toʻliq roʻyxatini koʻrmadi, lekin imzolaganlarning
deyarli yarmi davlat xizmatida kamida oʻn yillik tajribaga ega ekanini biladi, deyiladi xabarda.
Amerikaning isteʻʻfodagi elchisining soʻzlariga koʻra, shu paytga qadar bir
vaqtning oʻzida koʻplab mamlakatlar hukumat apparatidagi norozi amaldorlarning oʻz harakatlarini bu darajada muvofiqlashtirishganini koʻrmagan.
“40 yildan buyon tashqi siyosatni kuzatib borar ekanman, bu shu paytgacha men guvoh
boʻlgan eng noyob voqeadir”, ‑ dedi AQShning Jazoir va Suriyadagi sobiq elchisi Robert Ford BBC
bilan suhbatda.
U buni 2003 yilda AQSh maʻʻmuriyatining Iroqqa bostirib kirishni
oqlash uchun ishlatilgan notoʻgʻri razvedka haqidagi xavotirlari bilan qiyosladi,
ammo bu safar koʻplab amaldorlar
jim turmaslikka qaror qilishdi.
“[Oʻshanda]
haqiqatni, razvedka maʻʻlumotlari tanlab‑tanlab
olinganini, urushdan keyingi reja yoʻqligini odamlar bilgan, biroq hech kim buni
ochiq‑oshkora gapirmagandi. Bu safargisi esa jiddiy muammo boʻlib chiqdi”, - dedi Ford.
"Gʻazodagi urush bilan bogʻliq muammolar shunchalik jiddiy
va oqibatlari shunchalik xavfliki, ular buni ommaga etkazishga majburdirlar", ‑ dedi u.
Rasmiylar oʻz maktubida ularning hukumatlari Isroilga “real
shart-sharoitsiz va javobgarliksiz” berayotgan harbiy, siyosiy va diplomatik yordam
nafaqat koʻproq falastinliklarning oʻlimiga olib kelishi, balki HAMAS tomonidan garovga olinganlarning
hayotini, shuningdek, Isroilning xavfsizligi va mintaqaviy
barqarorligi ham xavf ostiga qoʻyishi mumkinligini yozgan.
"Isroilning
harbiy amaliyotlari 11 sentyabrdan beri orttirilgan barcha muhim aksilterrorchilik
tajribasini eʻʻtiborsiz qoldirdi... [harbiy]
operatsiya Isroilning HAMASni magʻlub etish
maqsadiga hissa qoʻshmadi, aksincha, HAMAS, Hizbulloh va boshqa
salbiy tomonlarning jozibadorligini oshirdi", - deyiladi
jamoaviy maktubda.
Rasmiylarning taʻʻkidlashicha, ular oʻzlarining professional
tashvishlarini ichki kanallar orqali koʻtarishgan, ammo "siyosiy va mafkuraviy
sabablarga koʻra eʻʻtiborsiz
qoldirilgan".
Ommaviy
murojaatni qoʻllab-quvvatlagan Britaniyaning yuqori martabali
amaldorlaridan biri BBC`ga davlat xizmatchilari orasida "tashvish kuchayib
borayotganini" maʻʻlum
qilgan.
Amaldor oʻtgan hafta Xalqaro Sudning Janubiy Afrika Respublikasi tomonidan
qoʻzgʻatilgan ish boʻyicha Isroildan genotsid harakatlarining oldini olish uchun barcha choralarni koʻrishni
talab qilgan dastlabki
qarorining taʻʻsiriga ishora qildi.
“Tashqi ishlar vazirimiz [Devid
Kemeron] Janubiy
Afrikaning daʻʻvosini mensimasdan
"ishga yordam bermaydi" deya taʻʻrifladi. Bu butun
[qoidalarga asoslangan xalqaro tartibni] xavf ostiga qoʻyadi”, ‑ dedi anonimlik sharti bilan Britaniya
rasmiysi.
“Biz vazirlarning, aftidan, ishonchli va asoslangan yuridik maslahatlashuvlarsiz
Isroil hukumatiga qarshi ayblovlarni qanday xaspoʻshlaganini eshitdik. Bizning hozirgi yondashuvimiz,
nazarimda, Britaniya, mintaqa yoki jahon tartibi manfaatlariga xizmat qilmaydi”,
— deya qoʻshimcha qildi suhbatdosh.
Bayonotda aytilishicha,
Isroilning harbiy amaliyoti Gʻazo sektorida misli koʻrilmagan miqdorda hayot va
mulkni yoʻq qilgan boʻlsa‑da, HAMASni tahdid sifatida samarali yoʻq qilish uchun koʻrinadigan
strategiya ham, Isroilning uzoq muddatli xavfsizligini taʻʻminlash uchun siyosiy
echim ham yoʻq.
U AQSh va Evropa hukumatlarini “jamiyatga Isroil operatsiyasi
uchun strategik va asosli asos borligini aytishni bas qilishga” chaqirdi.