Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 332 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Progressiv siyosat jamgʻarmasi rahbari Oleg Bondarenko 25 yil ichida Rossiyada musulmon va nasroniy aholi soni tenglashishini maʻʻlum qildi. Uning fikricha, bu faqatgina migratsiya taʻʻsiriga emas, balki musulmonlar istiqomat qiluvchi “ayrim hududlarda koʻproq bolalar tugʻilishi”ga ham bogʻliq.
Gʻazo sektoriga hujumlar 330 kundan beri davom etmoqda. Falastinliklar ustiga 81 ming tonna bomba tashlandi. 40 mingdan ortiq falastinlikni oʻldirgan va millionlab odamlarni oʻz uylarini tashlab ketishga majbur qilgan bu insoniyat fojiasi allaqachon tarixdagi eng katta ofatlardan biriga aylandi.
Yaqin paytlargacha kuchli rivojlanayotgan Osiyoning kuchli davlatlaridan biri – Bangladeshdagi talatoʻplar bunga misol boʻla oladi. Bangladesh Bosh vaziri, mamlakat asoschisi va “millat otasi” Mujibur Rahmonning qizi Shayx Hasina Vazed talabalar boshchiligida bir necha hafta davom etgan norozilik namoyishlari halokatli va umummilliy tartibsizliklarga aylanib ketganidan soʻng isteʻʻfoga chiqib, mamlakatni tark etdi. Xabarlarga koʻra 76 yoshli bu ayol siyosatchi vertolyotda Hindistonga qochib ketdi va Buyuk Britaniyadan siyosiy boshpana soʻradi.
Bir urushni tugatish uni boshlashdan koʻra qiyinroq. Orqaga chekinishni istagan tomon buning uchun ishonchli bahonalar keltirishga majbur. Masʻʻullar yoʻqotishlar va yutuqlarni taqqoslashi, jang avvalida oldiga qoʻyilgan maqsadlardan qay biri amalga oshirilganini aytishi kerak boʻladi. Ayni paytda bir millat oʻzini xavfsizroq his qilayotganini yoki tanaffus shunchaki yangi toʻqnashuvlarga tayyorgarlik koʻrish uchun biroz tin olish ekanini tushunishi oʻta muhim.
Liviyaning sharqiy hududini nazorat qilayotgan hukumat barcha neftʻ va gaz konlari, portlar, korxona va tashkilotlar faoliyatini toʻxtatishga qaror qildi. Uch kun ichida koʻrilgan zarar 120 mln dollardan oshdi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 329 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Rossiyaning Kursk viloyatida mahalliy aholidan “Bars – Kursk” koʻngillilar otryadlari tuzilishi maʻʻlum qilindi. Shartnoma imzolagan koʻngillilar oʻqitilib, qurollantiriladi. Ularning vazifasi Kursk viloyati hududida xavfsizlikni taʻʻminlashdan iborat boʻladi.
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda koʻcha oʻrtasida toʻsatdan er oʻpirilishi vaqtida moʻʻʻjizaviy tarzda omon qolgan erkak voeadan uch kun oʻtib Islomni qabul qildi. Er oʻpirilishida oʻraga tushib ketgan hindistonlik sayyoh ayol jasadi haligacha qidirilmoqda.
Yigirmaga yaqin Isroil askari Gʻazo sektoriga qaytishdan bosh tortdi. Ulardan oʻntasi rad javobini bersa, harbiy sudga tortilishi haqida ogohlantirilgan. Baʻʻzi askarlar 10 oylik janglardan soʻng Gʻazoga qaytib bora olmasligini, ammo boshqa masʻʻuliyatni oʻz zimmalariga olishga tayyor ekanliklarini bildirgan.