30.08.2024 11:37

Malayziyada er oʻpirilishidan moʻʻʻjizaviy omon qolgan erkak Islomni qabul qildi (video)

Malayziyada Kuala-Lumpur koʻchasida favqulodda vaziyat vaqtida moʻʻʻjizaviy tarzda oʻlimdan qutulib qolgan erkak voqeadan 3 kun oʻtib islomni qabul qildi, deb yozadi Malay Mail nashri. 


Oʻt oʻchirish xizmati tomonidan eʻʻlon qilingan kuzatuv kamerasi qaydlariga koʻra, Malayziya poytaxtidagi mashhur “Hindiston masjidi” piyodalar koʻchasida toʻsatdan er oʻpiriladi va unda ketayotgan ayol yangi paydo boʻlgan oʻraga tushib ketadi. Oʻra yaqinidagi oʻrindiqda oʻtirganlardan biri ham chuqurga tushib ketadi, biroq moʻʻʻjizaviy tarzda undan chiqib ketadi.

Er yutib yuborgan hindistonlik 48 yoshli mehmonning taqdiri hozircha nomaʻʻlum – qutqaruvchilar bir necha kundan beri tuproqni qazishmoqda.

Malayziya Islomiy Yoshlar Harakati (Abim) oʻradan eson-omon chiqib olgan erkak islomni qabul qilganini bildirdi. Boʻlib oʻtgan voqea uni tirik qoldirgan Haq taoloning rahmatiga ishonchini uygʻotgani taʻʻkidlandi. 

Mavzuga aloqador