Isroil askarlari Gʻazoga qaytishdan bosh tortmoqda
Yigirmaga yaqin Isroil askari Gʻazo sektoriga qaytishdan bosh tortdi. Ulardan oʻntasi rad javobini bersa, harbiy sudga tortilishi haqida ogohlantirilgan. Baʻʻzi askarlar 10 oylik janglardan soʻng Gʻazoga qaytib bora olmasligini, ammo boshqa masʻʻuliyatni oʻz zimmalariga olishga tayyor ekanliklarini bildirgan.
Yigirma nafar Isroil askari Gʻazo sektoriga qaytishdan bosh
tortdi. Ulardan oʻn nafari rad javobini bersa, harbiy sudga tortilishi haqida ogohlantirildi, deb xabar
berdi Isroilning KAN
telekanali.
Baʻʻzi askarlar 10 oylik janglardan soʻng Gʻazoga qaytib bora olmasligini, ammo
boshqa masʻʻuliyatni oʻz zimmalariga olishga tayyor ekanliklarini aytishgan. Xuddi shunday xabarlar
boshqa batalʻonlardan
ham kelyapti.
Baʻʻzi askarlarning oilalari oʻgʻillari urushda qatnashishga
majbur boʻlganini yoki qamoqqa olinishi mumkinligini aytishgan.
Iyulʻ oyida Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant Gʻazo sektorida davom
etayotgan urush fonida Isroil armiyasi zudlik bilan 10 ming qoʻshimcha askarga
muhtojligini eʻʻlon qilgandi.
Bundan tashqari, Isroil armiyasida qoʻmondonlik shtabida inqiroz
yuzaga keldi – kapitan va mayor unvoniga ega ofitserlar oʻz lavozimlarini tark
etmoqda.