30.08.2024 15:40
Liviyaning neftʻ va gaz qazib olishning toʻxtatilishidan koʻrgan zarari 120 mln dollardan oshdi
Liviya Vakillar palatasining neft va gaz quduqlari faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaroridan koʻrilgan zarar uch kun ichida 120,3 million dollardan oshdi, deb xabar berdi "Anadolu" Liviya milliy neft korporatsiyasi (NOC)ga tayanib.
26 avgust, dushanba kuni Vakillar palatasi (parlament) tomonidan vakolat berilgan sharqiy Liviya hukumati tomonidan barcha konlar, portlar, neftʻ tashkilotlari va korxonalarida fors-major holatlari eʻʻlon qilindi hamda keyingi ogohlantirishgacha neftʻ qazib olish va eksport qilish toʻxtatildi.
Ishlab chiqarishni toʻxtatish qarori mamlakat gʻarbida joylashgan Liviyaning xalqaro tan olingan hukumati bilan kelishmovchiliklar fonida qabul qilindi. Bahslar Liviya Markaziy banki rahbariyati atrofida kechmoqda.
Avvalroq Liviya Markaziy banki axborot texnologiyalari menejeri Musab Muslim 18 avgust kuni oʻgʻirlab ketilgani sababli oʻzining barcha faoliyatini toʻxtatganini maʻʻlum qilgan edi.
Shu kuni Liviya Prezident kengashi mamlakat Markaziy bankining yangi rahbarini saylash va regulyatorning yangi kengashini shakllantirish boʻyicha bir ovozdan qaror qabul qilganini bildirdi.
Qaror mamlakatda moliyaviy-iqtisodiy barqarorlikni taʻʻminlash, Markaziy bank oʻz vazifalarini samarali va toʻlaqonli bajarishi, shuningdek, moliyaviy xizmatlar uzluksizligini taʻʻminlashi maqsadida qabul qilindi, deb taʻʻkidladi Prezident kengashi.
19 avgust kuni Liviya Vakillar palatasi prezidentlik kengashi qaroriga qoʻshilmasligini maʻʻlum qildi.
Maʻʻlumot uchun, Liviya Markaziy bankini 2011 yildan buyon Siddiq al-Kabir boshqarib keladi.