Shvetsiya
Turkiya parlamenti Shvetsiyaning NATOga aʻʻzo boʻlishi toʻgʻrisidagi qonun loyihasini maʻʻqulladi
Turkiya Buyuk Millat Majlisi (GNTA) Bosh Assambleyasida Shvetsiyaning NATOga kirishi haqidagi protokolni ratifikatsiya qilishni maʻʻqullovchi qonun loyihasi qabul qilindi. 346 deputatdan 287 nafari Shvetsiyaning NATOga kirishi haqidagi protokolni ratifikatsiya qilish uchun ovoz berdi.
Davomini o'qish...24.01.2024 07:10Shvetsiya Qurʻʻon yoqib yuborilgan namoyishlar tashkilotchisini deportatsiya qiladi
Shvetsiya migratsiya sudi politsiya himoyasi ostida bir necha bor namoyishkorona Qurʻʻon yoqqan iroqlik ekstremist Salvan Momikani deportatsiya qilish toʻgʻrisida hukm chiqardi. Momikaning 2024 yil 16 aprelda tugaydigan yashash uchun ruxsatnomasi uzaytirilmaydi.
Davomini o'qish...08.02.2024 15:05Qurʻʻoni yoqqan iroqlik Norvegiyada oʻlmagani va qaytadan Shvetsiyaga deport qilinishi maʻʻlum boʻldi
Shvetsiyada Qurʻʻoni karimni yoqqan Salvan Momikaning Norvegiyada oʻlmagani va unga boshpana berilmasdan, qaytadan Shvetsiyaga deport qilinishi maʻʻlum boʻldi.
Davomini o'qish...05.04.2024 07:44Le Monde – Shvetsiyada musulmonlarga hujumlar kuchaygani haqida
Shvetsiyada musulmonlarga va Islomga qarshi jinoyatlar soni ortib bormoqda. Bu kabi hodisalar butun mamlakat miqyosida keng tarqalgan boʻlib, masjidlarga hujum uyushtirish va hijobli ayollarni haqorat qilishdan tortib, ish joyida yoki jamiyatda Islomga qarshi soʻzlarni aytish kabilarda namoyon boʻlmoqda. “Afsuski, biz bunday ishlarga oʻrganib qolganmiz”, – deydi Bosniya islom uyushmasi aʻʻzosi Mirza Babovich (66). U eski namozxonlar zalida islomga qarshi ramzlar chizilgani, qurilish maydonchasiga choʻchqa qoldiqlari tashlab ketilgani va deraza oynalari sindirib ketilgani kabi holatlarni esga oldi.
Davomini o'qish...05.07.2024 08:20Shvetsiyada musulmon xodim ayol kishi bilan qoʻl berib koʻrishmagani uchun ishdan boʻshatildi
Shvetsiyaning Xerrid shahri hokimligiga ishga kirgan musulmon xodim birinchi ish kunining oʻzidayoq ishdan boʻshatildi. Bunga u bilan tanishayotgan ayollarning uzatilgan qoʻllarini Islom qoidalariga muvofiq tarzda tutishdan bosh tortgani sabab boʻldi. Musulmon xodim hokimlik ustidan Ombudsmanga shikoyat kiritdi. Ariza koʻrib chiqilmoqda.
Davomini o'qish...19.08.2024 09:10Shvetsiya muhojirlarga ketishlari uchun 34 ming dollargacha toʻlamoqchi
Shvetsiya hukumati mamlakatni ixtiyoriy ravishda tark etishga rozi boʻlgan muhojirlarga 34 ming dollargacha miqdorda pul toʻlashni rejalashtirmoqda. Boshqa Evropa davlatlari ham muhojirlarning vatanga qaytishi uchun grantlar taklif qilmoqda. Jumladan, Daniya kishi boshiga 15 ming dollardan koʻproq toʻlaydi, Norvegiyada taxminan 1400 dollar, Frantsiyada 2800 dollar va Germaniyada 2000 dollar.
Davomini o'qish...13.09.2024 16:10Shvetsiya: 2023 yilda Qurʻʻonni yoqqanlardan qasos olishga chaqiruvchi xakerlik hujumi ortida Eron turgan
Shvetsiyada 2023 yil yozida bir necha marta Qurʻʻoni karim namoyishkorona yoqilganidan soʻng 15 mingdan ziyod kishiga Qurʻʻonga oʻt qoʻyganlardan qasos olishga chorlangan SMS-xabarlar yuborilgan edi. Mamlakat hukumati ushbu xakerlik hujumi ortida Eron turganini maʻʻlum qildi.
Davomini o'qish...24.09.2024 14:58Shvetsiyada Qurʻʻoni karimni yoqqan shaxs ustidan sud boshlandi
Shvetsiyada 2022 va 2023 yillarda bir necha bor Qurʻʻoni karimni yoqqan oʻta oʻngchi siyosatchi, “Qattiq kurs” partiyasi etakchisi Rasmus Paludan etnik adovat va haqorat qoʻzgʻatishda ayblanib sud qilinmoqda. U oʻz xavfsizligidan qoʻrqib, sud jarayonida masofadan qatnashmoqda. Uning qaerdaligi qattiq sir tutilmoqda.
Davomini o'qish...15.10.2024 15:29