08.02.2024 15:05

Shvetsiya Qurʻʻon yoqib yuborilgan namoyishlar tashkilotchisini deportatsiya qiladi

Shvetsiya migratsiya sudi politsiya himoyasi ostida bir necha bor namoyishkorona Qurʻʻon yoqqan iroqlik ekstremist Salvan Momikani deportatsiya qilish toʻgʻrisida hukm chiqardi. Momikaning 2024 yil 16 aprelda tugaydigan yashash uchun ruxsatnomasi uzaytirilmaydi.

Shvetsiya migratsiya sudi Qurʻʻonni omma oldida yoqib yuborgan Iroq fuqarosi Salvan Momikani mamlakatdan deportatsiya qilish haqida qaror chiqardi. Bu haqda Anadolu Shvetsiyaning SR jamoat radiosiga tayanib xabar berdi.

Qarorga koʻra, Momikaning 2024 yil 16 aprelda tugaydigan yashash uchun ruxsatnomasi uzaytirilmaydi.

Hukmda aytilishicha, Momika yashash uchun ruxsat olish uchun ariza berayotganda rasmiylarga notoʻgʻri maʻʻlumot bergan.

Iroqlik Salvan Momika 2018 yilda Shvetsiyadan boshpana olgan. 2021 yil aprelʻ oyida unga uch yil muddatga yashash uchun ruxsatnoma berilgan.

Ekstremist Shvetsiyada politsiya hamrohligida bir necha bor Qurʻʻonni tahqirlash harakatlarini amalga oshirgan va bu koʻplab mamlakatlarning salbiy munosabatiga sabab boʻlgan edi.

Mavzuga aloqador