Shvetsiyada Qurʻʻoni karimni yoqqan shaxs ustidan sud boshlandi
Shvetsiyada 2022 va 2023 yillarda bir necha bor Qurʻʻoni karimni yoqqan oʻta oʻngchi siyosatchi, “Qattiq kurs” partiyasi etakchisi Rasmus Paludan etnik adovat va haqorat qoʻzgʻatishda ayblanib sud qilinmoqda. U oʻz xavfsizligidan qoʻrqib, sud jarayonida masofadan qatnashmoqda. Uning qaerdaligi qattiq sir tutilmoqda.
Dushanba
kuni Shvetsiyada politsiya himoyasi ostida bir necha bor namoyishkorona Qurʻʻon karimni
yoqqan oʻta oʻngchi siyosatchi Rasmus Paludan ishi boʻyicha tinglovlar boshlandi, deb
xabar beradi Arab News. “Qattiq kurs” partiyasi etakchisi etnik adovat va haqorat
qoʻzgʻatishda ayblanmoqda.
2022 yil
aprelʻ oyida oʻtkazilgan islomofob norozilik namoyishi chogʻida u ayrim etnik
guruhlarga nisbatan nafrat uygʻotuvchi bayonotlar bergan va bir qancha shaharlarda,
jumladan, aholisining 20% musulmonlar boʻlgan Malʻmyoda millatchilarning mitinglarini
oʻtkazgandi.
2022 yil
sentyabrida esa "arablar va afrikaliklar"ga nisbatan haqoratli
soʻzlarni aytdi, buning uchun Paludan haqorat qilishda ayblandi, bu 6 oygacha qamoq
jazosini oʻz ichiga oladi. 2023 yil yanvarida u Turkiyaning Stokgolʻmdagi
elchixonasi oldida Qurʻʻoni karim yoqdi. Uning ushbu harakati Shvetsiya va musulmon
davlatlari oʻrtasida diplomatik mojaroga olib keldi va Shvetsiyaning NATOga qabul
qilinishi kechikishi bilan yakunlandi.
Paludan
ayblovlarni tan olgani yoʻq. Dushanba kuni oʻz xavfsizligidan qoʻrqib, sud zalida
video havola orqali qatnashdi. Jinoyatchining qaerda ekanligi maʻʻlum qilinmayapti.
Lund
universitetidan huquq professori Vilʻgelʻm Persson Qurʻʻon karim yoqilishi boʻyicha birinchi
bor boʻlib oʻtayotgan sud jarayonining muhimligini aytdi. Uning taʻʻkidlashicha, agar
Oliy sud aybli qaror qabul qilsa, bu sud pretsedentini yaratadi.