Shimoliy Koreya
Shimoliy Koreya Rossiyaga qoʻshin joʻnatdi. Urush Osiyoga koʻchadimi?
Shimoliy Koreyaning Rossiyaga harbiy yordami haqidagi tahlillar xalqaro nashrlarning asosiy sahifalaridan joy olib ulgurdi. Gʻarb sanktsiyalari va xalqaro izolyatsiya sharoitida bu ikki avtoritar boshqaruvdagi davlatning hamkorlikni kuchaytirishi koʻpchilikning eʻʻtiborini tortdi. Xoʻsh, bu hamkorlik urushning Osiyoga ham koʻchishidan darakmi? Siyosiy tadqiqotchi Jonatan Fenton-Harvi maqolasida.
Davomini o'qish...86205.11.2024 18:14Shimoliy Koreya 7000 km balandlikka ballistik raketa uchirdi. Bu – Pxenʻyan uchun rekord
Shimoliy Koreya uchirgan navbatdagi qitʻʻalararo ballistik raketa rekord darajadagi 7000 km balandlikka koʻtarildi. U 86 daqiqa parvoz qilib, yarim orol sharqidagi Shimoliy Koreya hududiy suvlariga tushdi. Yangi muvaffaqiyatli parvoz AQSh va Janubiy Koreyani ayniqsa KXDR va Rossiya oʻrtasidagi harbiy hamkorlik kuchaygan sharoitda xavotirga solmoqda.
Davomini o'qish...65601.11.2024 09:30Ukrain razvedkasi rahbari: 11 ming shimoliy koreyalik Ukraina bilan jang qilishga tayyorlanmoqda
Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi boshligʻi Kirill Budanov Shimoliy Koreya qoʻshinlari Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun Rossiyada tayyorgarlikdan oʻtayotgani haqidagi maʻʻlumotni tasdiqladi. Uning soʻzlariga koʻra, hozirda Shimoliy Koreyaning 11 mingga yaqin piyoda askarlari Rossiya sharqida tayyorgarlikdan oʻtmoqda va ular 1 noyabrdayoq jangovar harakatlarga tayyor boʻlishadi.
Davomini o'qish...68218.10.2024 17:27Shoygu va Kim Chen In Pxenʻyanda uchrashdi
Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu Pxenʻyanda Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen In bilan uchrashdi. Uchrashuv oʻta maxfiy, doʻstona muhitda oʻtgani xabar qilindi.
Davomini o'qish...92713.09.2024 14:54Newsweek: Shimoliy Koreya Rossiyaga qurol-yarogʻ ortilgan 13 mingdan ortiq konteyner yubordi
2022 yil oʻrtalaridan buyon Shimoliy Koreya Rossiyaga dengiz orqali 13 mingdan ortiq konteyner yubordi. Yuborilgan konteynerlarda artilleriya snaryadlari, mobil zenit-raketa majmualari, tankka qarshi raketalar va boshqa harbiy texnika hamda qurollar boʻlishi mumkin. Buning evaziga esa Rossiyadan energoresurslar, kosmik texnologiyalar olgani aytilmoqda.
Davomini o'qish...100829.08.2024 16:35The Economist: Vashington uchta yadroviy mojaro roʻy berishidan qoʻrqmoqda
Pentagon Rossiyaning NATO davlatiga hujum qilib, Amerikani Evropa himoyasiga tortishi, soʻngra Xitoy Vashingtonning chalgʻishidan foydalangan holda Tayvanga bostirib kirishi hamda shu vaqtda Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga hujum qilishi bilan bogʻliq ehtimoliy voqealar rivojini modellashtirmoqda. Shu munosabat bilan AQSh prezidenti Jo Bayden maʻʻmuriyati "oʻn yillik chuqur qisqartirishlardan" soʻng shay holatga keltirilgan yadroviy kuchlarni koʻpaytirishga tayyorgarlik koʻra boshladi.
Davomini o'qish...105714.08.2024 15:38Shimoliy Koreyada Putinning vazirlari muzokaralar zalidan "haydaldi"
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Pxenʻyanga tashrifi chogʻida hamrohlik qilgan delegatsiya aʻʻzolari muzokaralar xonasidan chiqarib yuborildi. Rossiyalik mulozimlar zalga Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen Indan oldin kirgani KXDR protokol xizmatini gʻazablantirgan. Shimoliy Koreya davlat matbuoti va Rossiya kanallari orqali jonli efirda namoyish etilgan kutilmagan vaziyatdan soʻng, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, bosh vazir oʻrinbosarlari, mudofaa, sogʻliqni saqlash vazirlari va Roskosmos rahbari zaldan chiqib ketishga majbur boʻlgan.
Davomini o'qish...181420.06.2024 16:1024 yil deganda Shimoliy Koreyaga borgan Putin Kim bilan nimalarga kelishdi?
18 iyunʻ kuni tunda Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan Shimoliy Koreyaga bordi. Uni aeroportda shaxsan KXDR davlat rahbari Kim Chen In kutib oldi. Ertasi kuni Putin va Kim ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish toʻgʻrisidagi bitimni imzolashdi. Ushbu hujjat ishtirokchilardan biriga tajovuz sodir boʻlgan taqdirda oʻzaro yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Davomini o'qish...142319.06.2024 15:53Janubiy Koreya KXDRni oziq-ovqat evaziga Rossiyaga snaryadlar etkazib berishda aybladi
Janubiy Koreya mudofaa vaziri Shin Von-Sik Pxenʻyanni oziq-ovqat evaziga Rossiya uchun snaryadlar ishlab chiqarayotganlikda aybladi. Avgust oyidan beri Pxenʻyan Rossiyaga 3 milliondan ortiq artilleriya snaryadlarini sigʻdira oladigan 6700 ga yaqin konteyner joʻnatdi, dedi janubiy koreyalik vazir.
Davomini o'qish...155929.02.2024 09:32Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan barcha iqtisodiy hamkorlik bitimlarini bekor qildi
Shimoliy Koreya Oliy xalq assambleyasi bir ovozdan Janubiy Koreya bilan barcha iqtisodiy hamkorlik bitimlari bekor qilinishini maʻʻqulladi.
Davomini o'qish...192508.02.2024 13:35