01.11.2024 09:30

Shimoliy Koreya 7000 km balandlikka ballistik raketa uchirdi. Bu – Pxenʻyan uchun rekord

Shimoliy Koreya uchirgan navbatdagi qitʻʻalararo ballistik raketa rekord darajadagi 7000 km balandlikka koʻtarildi. U 86 daqiqa parvoz qilib, yarim orol sharqidagi Shimoliy Koreya hududiy suvlariga tushdi. Yangi muvaffaqiyatli parvoz AQSh va Janubiy Koreyani ayniqsa KXDR va Rossiya oʻrtasidagi harbiy hamkorlik kuchaygan sharoitda xavotirga solmoqda.

Shimoliy Koreya uchirgan navbatdagi qitʻʻalararo ballistik raketa rekord darajadagi 7000 km balandlikka koʻtarildi. U 86 daqiqa parvoz qilib, yarim orol sharqidagi Shimoliy Koreya hududiy suvlariga tushdi. Yangi muvaffaqiyatli parvoz AQSh va Janubiy Koreyani ayniqsa KXDR va Rossiya oʻrtasidagi harbiy hamkorlik kuchaygan sharoitda xavotirga solmoqda.

Payshanba kungi uchirish BMT cheklovlarini buzadi va Shimoliy va Janubiy Koreya oʻrtasidagi munosabatlar yomonlashgani hamda Pxenyanning Seulga nisbatan tobora tajovuzkor bayonotlari fonida yuz berdi.

Sinov kuni Shimoliy Koreya ommaviy axborot vositalarida KXDR etakchisi Kim Chen In bayonoti eʻʻlon qilindi, unda, jumladan, raaketa uchirilishi "dushmanlarga javob berish irodasini" namoyish etgani taʻʻkidlandi.

“Tasdiqlaymanki, [Shimoliy Koreya] hech qachon yadroviy kuchlarni yaratish yoʻnalishini oʻzgartirmaydi”, dedi Kim Chen In.

Pxenʻyan suv osti yadroviy dronini ham sinovdan oʻtkazganini daʻʻvo qilmoqda, ammo shubhalar bor.

AQSh payshanba kungi raketa uchirilishini “BMT Xavfsizlik Kengashining koʻplab rezolyutsiyalarini ochiqdan-ochiq buzish” deb atadi.

“Bu faqat [Shimoliy Koreya] noqonuniy ommaviy qirgʻin qurollari va ballistik raketa dasturlarini oʻz xalqi farovonligidan ustun qoʻyishda davom etayotganini koʻrsatadi”, - dedi Milliy xavfsizlik kengashi vakili Shon Savett bayonotida.

Qoʻshni Yaponiya ham payshanba kuni uchirishni kuzatayotganini bildirdi.

Yaponiya Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Yoshimasa Xayashi maxsus chaqirilgan matbuot anjumanida Shimoliy Koreyaning payshanba kuni sinovdan oʻtgan raketasi oddiy traektoriya boʻylab uchirilganda 15 ming km masofani bosib oʻta olishini aytdi.

Bu shuni anglatadiki, raketa nazariy jihatdan AQShning deyarli istalgan nuqtasiga etib borishi mumkin: Pxenʻyandan Los-Anjelesga toʻgʻri chiziq boʻylab masofa 9545 km, Nʻyu-Yorkka 10916 km, Vashingtongacha 11035 km. Yaponiya hukumati 2022 yildayoq Shimoliy Koreya ballistik raketalari potentsial ravishda AQShga etib borishi mumkinligidan xavotir bildirgandi.

 

Mavzuga aloqador