08.02.2024 13:35

Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan barcha iqtisodiy hamkorlik bitimlarini bekor qildi

Shimoliy Koreya Oliy xalq assambleyasi bir ovozdan Janubiy Koreya bilan barcha iqtisodiy hamkorlik bitimlari bekor qilinishini maʻʻqulladi.

Shimoliy Koreya Oliy xalq assambleyasi Janubiy Koreya bilan imzolangan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha barcha kelishuvlarni bekor qilishga ovoz berdi, deb xabar beradi KXDR Markaziy telegraf agentligi payshanba kuni.

“Plenumda Oliy xalq kengashi Prezidiumining “Shimoliy va Janubiy Koreya oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida”gi, «Kimgangsan» maxsus xalqaro turizm zonasi toʻgʻrisida”gi KXRD qonunlarini hamda ularni ijro etish qoidalari, Koreyalararo iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlarni bekor qilish toʻgʻridagi farmoni bir ovozdan qabul qilindi”, ‑ deyiladi xabarda.

Sharqiy chegaradan shimolda joylashgan Kimgangsan togʻlarida Koreya Respublikasi va KXDR qoʻshma turizm loyihasi 2000 yillar boshida ikki davlat oʻzaro hamkorlik qilgan paytda boshlangan iqtisodiy hamkorlik timsoliga aylangan, 2 millionga yaqin janubiy koreyalik tashrif buyuruvchilarni jalb qilgandi.

2008 yilda janubiy koreyalik sayyohning oʻlimiga sabab boʻlgan voqeadan soʻng Seul hamkorlikni nomaʻʻlum muddatga toʻxtatishga qaror qildi. 2018 yil sentyabrida ikki Koreya prezidenti va etakchilari Pxenʻyandagi sammitda Kimgangsan togʻlarida loyihani qayta tiklashga kelishib olishgan, biroq bu kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha boshqa choralar koʻrilmagandi.

Mavzuga aloqador