rossiya
Putin prokurorlarga ekstremizmga qarshi kurashni kuchaytirishni topshirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin prokuratura organlari xodimlariga mamlakatda jinoyatchilik va ekstemizmga qarshi kurashishni kuchaytirishni topshirdi. “Jinoyatchilik va ekstremizm, korruptsiya va byudjet mablagʻlarini notoʻgʻri ishlatishga qarshi kurashda saʻʻy-harakatlarni kuchaytirish kerak. Aksilrossiya sanktsiyalari sharoitida inqirozga qarshi choralar doirasida iqtisodiy sohadagi qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilishga alohida eʻʻtibor qaratish lozim”, — dedi Putin.
Davomini o'qish...12.01.2024 14:39RF Mudofaa vazirligi: Ukraina harbiy-sanoat kompleksi korxonalariga 17 ta guruh zarbalari berildi
Rossiya Mudofaa vazirligi 13 yanvardan 19 yanvargacha RF Qurolli Kuchlari Ukraina harbiy-sanoat kompleksi korxonalariga yuqori aniqlikdagi qurollar, shu jumladan “Kinjal” tizimlari bilan 17 ta guruh zarbalari berilganini maʻʻlum qildi.
Davomini o'qish...19.01.2024 19:37Qozogʻiston rossiyalik propagandachining mamlakatga kirishini taqiqladi
Qozogʻiston rossiyalik teleboshlovchi, rus propagandachisi Tina Kandelakining mamlakatga kirishini taqiqladi. Kandelaki avvalroq Qozogʻiston davlat darajasi rus tilini asta-sekin, lekin ishonch bilan siqib chiqarayotganini yozgan edi.
Davomini o'qish...22.01.2024 14:12Rossiyaning Il-76 harbiy samolyoti Belgorod viloyatida halokatga uchradi
Rossiya Aerokosmik Kuchlarining Il-76 samolyoti Belgorod viloyatida halokatga uchradi. RF Mudofaa vazirligi samolyot bortida Ukraina Qurolli Kuchlarining asirga olingan 65 nafar harbiy xizmatchisi boʻlganini maʻʻlum qildi.
Davomini o'qish...24.01.2024 13:04Rossiya Ukrainada gʻalaba qozonsa, nima boʻladi?
Rossiya Ukrainada gʻalaba qozonsa, nima boʻladi? Navbatdagi “oʻlja” kim?
Davomini o'qish...24.01.2024 18:05Rossiyada armiyani obroʻsizlantirganlar mol‑mulki musodara qilinadi
Rossiya Davlat Dumasi armiyani obroʻsizlantirgan shaxslarning mol‑mulklarini musodara qilish, faxriy unvonlardan mahrum etish va boshqalarni koʻzda tutgan qonunni maʻʻqulladi.
Davomini o'qish...31.01.2024 15:20Rossiya turar joy va savdo markazlaridagi namozxonalarni taqiqlamoqchi
Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari kengashi tijoriy va turar joy binolaridagi namozxonalarni yopish va taqiqlash masalasini koʻrib chiqmoqda. Bunga ushbu namozxonalarning aholiga noqulaylik tugʻdirayotgani sabab qilib koʻrsatilmoqda.
Davomini o'qish...02.02.2024 11:15Rossiya 1 martdan yarim yilga benzin eksportini taqiqlashni rejalashtirmoqda
Rossiya hukumati bahor va yozda talab oʻsishini barqarorlashtirish maqsadida 1 martdan boshlab benzin eksportiga olti oyga vaqtinchalik taqiq joriy etishni rejalashtirmoqda.
Davomini o'qish...27.02.2024 14:00Rossiyada namoyishkorona Qurʻʻon yoqqan shaxs 3,5 yilga qamaldi
Grozniy sudi Rossiyaning Volgograd viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro Nikita Juravelni namoyishkorona Qurʻʻon yoqishda ayblab, 3,5 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi. Sudanuvchi aybini qisman tan oldi.
Davomini o'qish...28.02.2024 11:03Janubiy Koreya KXDRni oziq-ovqat evaziga Rossiyaga snaryadlar etkazib berishda aybladi
Janubiy Koreya mudofaa vaziri Shin Von-Sik Pxenʻyanni oziq-ovqat evaziga Rossiya uchun snaryadlar ishlab chiqarayotganlikda aybladi. Avgust oyidan beri Pxenʻyan Rossiyaga 3 milliondan ortiq artilleriya snaryadlarini sigʻdira oladigan 6700 ga yaqin konteyner joʻnatdi, dedi janubiy koreyalik vazir.
Davomini o'qish...29.02.2024 09:32
...