Rossiya prezidenti Vladimir Putin prokuratura organlari xodimlariga mamlakatda jinoyatchilik va ekstemizmga qarshi kurashishni kuchaytirishni topshirdi.

“Jinoyatchilik va ekstremizm, korruptsiya va byudjet mablagʻlarini notoʻgʻri ishlatishga qarshi kurashda saʻʻy-harakatlarni kuchaytirish kerak. Aksilrossiya sanktsiyalari sharoitida inqirozga qarshi choralar doirasida iqtisodiy sohadagi qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilishga alohida eʻʻtibor qaratish lozim”, — dedi Putin.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin prokuratura xodimlari kuni munosabati bilan yoʻllagan videomurojaatida jinoyatchilik va ekstremizmga qarshi kurashdagi saʻʻy-harakatlarni kuchaytirishni prokuratura organlarining ustuvor vazifalari qatoriga kiritdi, deya xabar bermoqda Islam Today nashri.

“Jinoyatchilik va ekstremizm, korruptsiya va byudjet mablagʻlarini notoʻgʻri ishlatishga qarshi kurashda saʻʻy-harakatlarni kuchaytirish kerak. Rossiyaga qarshi sanktsiyalar sharoitida inqirozga qarshi choralar doirasida iqtisodiy sohadagi qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilishga alohida eʻʻtibor qaratish lozim”, — dedi Putin.

Rossiya davlati rahbarining soʻzlariga koʻra, joriy yilda prokuratura sohasining asosiy vazifalari qatorida fuqarolarning ijtimoiy va mehnat huquqlari buzilishini aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, maxsus harbiy operatsiya (Ukrainadagi urush – tahr.) ishtirokchilari va ularning oilalari huquqlari, ular uchun toʻlovlar va imtiyozlarga rioya etilishini nazorat qilish boʻlib qolmoqda.

“Albatta, mudofaa va xavfsizlik sohasida mamlakat manfaatlarini taʻʻminlash, maxsus harbiy operatsiya maqsadlariga erishishga koʻmaklashish, davlat mudofaa buyurtmalaridagi topshiriqlarni aniq va oʻz vaqtida bajarish kabi muhim yoʻnalishni alohida taʻʻkidlab oʻtaman”, - deya qayd etdi Rossiya prezidenti.

Mavzuga aloqador