Qozogʻiston rossiyalik propagandachining mamlakatga kirishini taqiqladi
Qozogʻiston rossiyalik teleboshlovchi, rus propagandachisi Tina Kandelakining mamlakatga kirishini taqiqladi. Kandelaki avvalroq Qozogʻiston davlat darajasi rus tilini asta-sekin, lekin ishonch bilan siqib chiqarayotganini yozgan edi. Jumladan,
Qozogʻiston
rossiyalik teleboshlovchi, TNT telekanali direktori Tina Kandelakining mamlakatga
kirishi taqiqladi, deb xabar berdi Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
rasmiy vakili Aybek Smadiyarov.
“Kimdir
sizga yoqmasa, uni uyingizga kiritmaysiz-ku. Biz ham shunday qilamiz. Zarurat
tugʻilganida choralar koʻramiz. Buni bugun yoki ertaka qilishimizga majburlamang.
Davlat bunday narsani hech qachon kechirmaydi. U (Tina Kandelaki. – tahr.)
Qozogʻistonga kelmayotgandir, agar kelsa ham, kiritilmaydi”, - deya taʻʻkidladi
Smadiyarov.
Avvalroq Kandelaki
oʻzining Telegram-kanalida Qozogʻistonda goʻyoki “rus tilini davlat darajasida
sekin-asta, lekin ishonch bilan siqib chiqarishda davom etayotgani” haqida yozgan
edi. Uning qoʻshimcha qilishicha, respublika bir nechta temir yoʻl
vokzallarining nomini oʻzgartirish va ruscha nomlarni qozoqchaga almashtirish
niyatida. Masalan, «Uralsk» bekatini «Oral», «Uzen» stantsiyasini «Janaoʻzen» va
hokazolarga almashtirish taklif qilinmoqda.
Kandelakining
fikrlari Qozogʻistonda qizgʻin muhokamalarga sabab boʻldi. Jumladan, deputat
Maqsat Toliqbay Qozogʻiston aholisining 70 foizdan ortigʻini etnik qozoqlar
tashkil etishini va qozoq tili mamlakat tub aholisining katta qismini birlashtirib
turishini eslatib oʻtdi.
“Bu
insonning shaxsiy fikri. Uning Qozogʻistonga umuman aloqasi bormi? U shu erdamidi?
Haqiqatan ham, hech kim hech narsani siqib chiqarmayapti”, — dedi Kandelakining
bayonotiga parlament deputati Irina Smirnova.