24.01.2024 13:04

Rossiyaning Il-76 harbiy samolyoti Belgorod viloyatida halokatga uchradi

Rossiya Aerokosmik Kuchlarining Il-76 samolyoti Belgorod viloyatida halokatga uchradi. RF Mudofaa vazirligi samolyot bortida Ukraina Qurolli Kuchlarining asirga olingan 65 nafar harbiy xizmatchisi boʻlganini maʻʻlum qildi.

Rossiya Aerokosmik kuchlarining Il-76 samolyoti Belgorod viloyatida halokatga uchradi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

“Joriy yilning 24 yanvarʻ kuni Moskva vaqti bilan taxminan 11:00 da Il-76 samolyoti rejalashtirilgan parvozni amalga oshirayotgan vaqtda Belgorod viloyatida halokatga uchradi”, — deyiladi xabarda.

Samolyot bortida Ukraina Qurolli Kuchlarining almashish uchun Belgorod viloyatiga olib kelingan 65 nafar harbiy xizmatchisi, shuningdek, olti nafar ekipaj aʻʻzosi va uch nafar hamroh boʻlgan, deya taʻʻkidladi vazirlik.

RF Aerokosmik kuchlari komissiyasi halokat sabablarini aniqlash uchun mintaqadagi Il-76 qulagan joyga uchib ketdi.

Avvalroq, Rossiyaning Bogorodsk viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov Korochanskiy tumanidagi “voqea joyiga” borganini maʻʻlum qilgandi.

“Korochanskiy tumanidagi voqea. Hozirda voqea joyida tezkor-tergov guruhi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ishlamoqda. Ish jadvalimni oʻzgartirib, hududga bordim. Barcha tafsilotlar keyinroq maʻʻlum boʻladi", - deb yozdi u Telegram-kanalida.

Mavzuga aloqador