27.02.2024 14:00

Rossiya 1 martdan yarim yilga benzin eksportini taqiqlashni rejalashtirmoqda

Rossiya hukumati bahor va yozda talab oʻsishini barqarorlashtirish maqsadida 1 martdan boshlab benzin eksportiga olti oyga vaqtinchalik taqiq joriy etishni rejalashtirmoqda.

Rossiya Federatsiyasi Vazirlar Kengashi yozgi taʻʻtil va dala ishlari, shuningdek, neftni qayta ishlash zavodini rejalashtirilgan taʻʻmirlash vaqtida talab ortishi barqarorlashtirish maqsadida 2024 yil 1 martdan olti oy muddatga benzin eksportiga vaqtinchalik cheklov joriy etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Cheklov EOII mamlakatlari, shuningdek, Janubiy Osetiya, Abxaziya, Moʻgʻuliston va Oʻzbekistonga tatbiq etilmaydi.

Rossiya bosh vazirining oʻrinbosari Aleksandr Novak birjada dizelʻ yoqilgʻisini sotish normativini 16 foizgacha oshirishni yana bir chora sifatida taʻʻkidladi. Mamlakatda 2023 yil 21 sentyabrdan 17 noyabrgacha ham “avtomobilʻ yoqilgʻisining ichki bozoridagi narx konʻʻyunkturasini barqarorlashtirish maqsadida” benzin eksportiga taqiq joriy etilgan edi. Taqiqni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror ichki bozor yoqilgʻi bilan toʻyingani va taklif profitsiti yuzaga kelganidan soʻng qabul qilindi.

RF Energetika vazirligi zarurat tugʻilsa, avtobenzin eksportiga taqiq bekor qilinishini istisno etmadi.

Mavzuga aloqador