28.02.2024 11:03

Rossiyada namoyishkorona Qurʻʻon yoqqan shaxs 3,5 yilga qamaldi

Grozniy sudi Rossiyaning Volgograd viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro Nikita Juravelni namoyishkorona Qurʻʻon yoqishda ayblab, 3,5 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi. Sudanuvchi aybini qisman tan oldi.

Grozniy sudi Rossiyaning Volgograd viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro Nikita Juravelni namoyishkorona Qurʻʻon yoqishda aybdor deb topib, 3,5 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi, deya xabar bermoqda TASS.

Juravel RF Jinoyat kodeksining ikki moddasi - dindorlarning his-tuygʻularini haqorat qilish va diniy nafratdan kelib chiquvchi bezorilikda ayblangan.

Tergov maʻʻlumotlariga koʻra, Juravel 2023 yil 4 may kuni Volgograddagi jomeʻʻ masjidi yonida namoyishkorona Qurʻʻon yoqqan. Ushbu jarayon aks etgan videoyozuv keyinchalik tarmoqlarda paydo boʻlgan. 20 may kuni Tergov qoʻmitasi Juravelning hibsga olinganini eʻʻlon qildi.

Shundan soʻng Tergov qoʻmitasi rahbari Aleksandr Bastrikinning qarori bilan Juravelga qarshi jinoiy ish Chechenistondagi tergovchilarga oʻtkazilgan. Grozniy masjidlarining jami 13 nafar imom-xatibi ishda jabrlanuvchi sifatida roʻyxatga olingan.

Sudda Juravel oʻz aybini qisman tan olgan va Qurʻʻonni pul uchun yoqqani, "oqibati haqida oʻylamagan"ini maʻʻlum qilgan.

Juravelning advokati Yuliya Antonova himoyachi hukm ustidan shikoyat qilishini bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, sud qarorining qonuniyligi va asosliligini jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʻʻati baholashi kerak.

Hukm eʻʻlon qilingandan soʻng Juravel shaxsan musulmonlardan kechirim soʻradi va oʻziga tayinlangan jazoni munosib deb bilishini maʻʻlum qildi. U avvalroq islomni qabul qilish istagini bildirgan va musulmonlarni qanchalik xafa qilganini tushunish uchun Qurʻʻon oʻqiyotganini aytgan edi.

Mavzuga aloqador