Rossiya turar joy va savdo markazlaridagi namozxonalarni taqiqlamoqchi
Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari kengashi tijoriy va turar joy binolaridagi namozxonalarni yopish va taqiqlash masalasini koʻrib chiqmoqda. Bunga ushbu namozxonalarning aholiga noqulaylik tugʻdirayotgani sabab qilib koʻrsatilmoqda.
Rossiya
prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari
kengashi tijoriy va turar joy
binolarida namozxonalar joylashtirishlishini taqiqlash
masalasini koʻrib chiqmoqda. Gap koʻp qavatli uylar, savdo markazlari va boshqa
tijorat obʻʻektlarida jamoat tashkiloti koʻrinishidagi yuzlab masjidlar haqida
ketmoqda.
“Parlamentskaya
gazeta” nashrining qayd
etishicha, namoz oʻqiladigan xonalar aholiga noqulaylik tugʻdirmoqda.
“Moskva
viloyatidagi turar joy binosidagi tijoriy muassasada 142,8 kvadrat metr maydonda
musulmonlarning ibodat xonasi tashkil etildi. Bu, jumladan, uy muqimlari bilan
kelishuvlarsiz amalga oshirilgan”, ‑ degan uy muqimlari shikoyat bilan murojaat
qilgan kengash aʻʻzosi Kirill Kabanov. Uning qoʻshimcha qilishicha, bu kabi holatlar “tizimli
muammoga aylanmoqda”: bir qator hududlar rahbariyati shunchaki muhojirlar boshqa namoz
oʻqiydigan joy yoʻqligini sabab qilib keltirib, uni eʻʻtiborsiz qoldirmoqda.
Amaldorlar, uning soʻzlariga koʻra, “bunday uy va tumanlar aholisi keltirib
chiqaradigan oqibat va muammolar hamda mojarolar kelib chiqishi uchun sharoitlarni eʻʻtiborsiz
qoldirmoqda”.
Oʻzgartirishlar Uy-joy kodeksi va “Vijdon erkinligi va diniy
birlashmalar toʻgʻrisida”gi qonunni toʻldirishi mumkin.
Avvalroq
Qozon markaziy univermagida
ayollar va erkaklar uchun alohida xonalari, shuningdek, ikkita tahoratxonasi boʻlgan namozxona paydo boʻlgandi.