prezidentlik saylovlari
-
AQShning sobiq prezidenti Barak Obama Falastinda davom etayotgan mojarodan xavotirda boʻlgan musulmonlarga respublikachi nomzod Donalʻd Trampga ishonmaslikni maslahat berib, Tramp 2017 yilda musulmon davlatlaridan migratsiyaga qoʻyilgan qatʻʻiy cheklovlarni eslatib oʻtdi.
-
Tunisda boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida mamlakatning amaldagi prezidenti Qays Said 90,69 foiz ovoz bilan gʻalaba qozondi. Saylovlarda qatnashish darajasi 28,8 foizni tashkil etdi.
-
Oktyabrda boʻlib oʻtadigan Tunis prezidentligiga saylovlarda oʻz nomzodini qoʻymoqchi boʻlgan K2Rhym nomi bilan mashhur tunislik reper Karim Garbi hujjatlarni qalbakilashtirish aybi bilan sirtdan 4 yil qamoq jazosi va 1600 dollar jarimaga tortildi.
-
Eronda boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi islohotchilar bloki vakili Masud Pezeshkian gʻalabasi bilan yakunlandi. Masud Pezeshkian uchun saylovchilarning 53,6 foizi ovoz berdi. 69 yoshli siyosatchi Eron gʻarbida etnik ozarbayjonlar oilasida dunyoga kelgan.
-
Eronda prezidentlik saylovining ikkinchi turiga ovoz berish boshlandi. Unda ikki nomzod 69 yoshli sobiq sogʻliqni saqlash vaziri, islohotchi Masud Pezeshkiyan hamda Eron rahbarining respublika Milliy xavfsizlik oliy kengashidagi 58 yoshli vakili, konservativ Said Jaliliy prezidentlik lavozimi uchun kurashmoqda. 3 iyulʻ kuni oʻtkazilgan soʻrovlarda ishtirokchilarning 49,5 foizi islohotchi nomzod Pezeshkianga ovoz berishini aytgan. Saylovchilarning 43,9 foizi esa konservativ nomzod Said Jalilini afzal koʻrgan.
-
Eronda bugun, 28 iyunʻ kuni muddatidan oldin prezidentlik saylovlari boʻldi. Ushbu lavozimni egallash uchun fors mamlakatida toʻrt nomzod – uch konservator va bir islohotchi kurashdi.
-
Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod oliy hukumat lavozimiga yana oʻz nomzodini qoʻyishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Islom Respublikasi davlat televideniesi. Avvalroq, boʻlajak saylovlarda nomzodlardan biri ayol kishi boʻlishi maʻʻlum boʻlgan edi.
-
Rossiya prezidentligi uchun saylovlar boʻyicha protokollarning 80 foizini koʻrib chiqish natijalariga koʻra Putin 87,15 foiz ovoz toʻpladi.
-
Evropa Ittifoqi Kengashi prezidenti Sharlʻ Mishelʻ birinchi boʻlib Putinni “tabrikladi”. “Rossiyadagi saylovlarda gʻalaba qozonadigan Vladimir Putinni oldindan tabriklayman, chunki Rossiyada muxolifat yoʻq, yoʻq, erkinlik, tanlov yoʻq.”, - deb yozdi u. Saylov jarayonida RF fuqarolari tomonidan byulletenlarni yoqish, “zelyonka quyish” kabi holatlar kuzatilmoqda.
-
Rossiyada prezidentlik saylovlari boshlandi, u mamlakat tarixida ilk bor uch kun - 15, 16 va 17 mart kunlari boʻlib oʻtadi. Saylov bosib olingan Qrimda va Ukrainaning Rossiya nazorati ostidagi hududlarida - Donetsk, Lugansk, Zaporojʻe va Xerson viloyatlarida ham boʻlib oʻtadi.
- 01
- 02