15.03.2024 17:30

Rossiyada prezidentlik saylovi boshlandi

Rossiyada prezidentlik saylovlari boshlandi, u mamlakat tarixida ilk bor uch kun - 15, 16 va 17 mart kunlari boʻlib oʻtadi. Saylov bosib olingan Qrimda va Ukrainaning Rossiya nazorati ostidagi hududlarida - Donetsk, Lugansk, Zaporojʻe va Xerson viloyatlarida ham boʻlib oʻtadi.

Uzoq Sharqda, xususan Chukotka va Kamchatkada saylov uchastkalari 14 mart kuni Moskva vaqti bilan soat 23:00 da ish boshladi.

Bundan bir oy avval, 25 fevralda dastlabki ovoz berish bosqichi boshlangan, unda, Markaziy saylov komissiyasi raisi Ella Pamfilovaning soʻzlariga koʻra, 2,3 million fuqaro oʻz tanlovini amalga oshirgan. Saylovchilar roʻyxatida respublika ichida va undan tashqarida jami 112 million 309 ming 947 kishi bor.

Prezidentlik saylovlari jarayoni shuningdek, bosib olingan Qrimda va Ukrainaning Rossiya nazorati ostidagi hududlarida - Donetsk, Lugansk, Zaporojʻe va Xerson viloyatlarida ham boʻlib oʻtadi.

Rossiya prezidentligiga saylovda toʻrt nafar nomzod roʻyxatga olingan: amaldagi prezident Vladimir Putin (oʻz-oʻzini koʻrsatgan nomzod sifatida ishtirok etmoqda), “Yangi xalq” partiyasidan Vladislav Davanʻkov, LDPRdan Leonid Slutskiy va Rossiya Kommunistik partiyasidan Nikolay Xaritonov.

Avvalroq Evroparlament Rossiyadagi prezidentlik saylovlarini kuzatish uchun oʻz vakillarini yubormaslikka qaror qilgan edi. Rasmiy bayonotga koʻra, bu harakat "demokratiyaning oʻrnatilgan xalqaro standartlariga javob bermaydigan" jarayonni qoʻllab-quvvatlashdan qochish istagi bilan bogʻliq.

Vladimir Putin Rossiyada 2000 yillarning boshidan beri hokimiyat tepasida. U 2000 yillarda ikki marta prezident etib saylangan: 2000 va 2004 yillarda prezidentlik vakolati toʻrt yil bilan cheklangan edi. 2008 yilda muhim siyosiy oʻzgarishlar yuz berdi: Dmitriy Medvedev prezidentlikka oʻtirdi, Putin esa hukumatni boshqara boshladi.

2012 yilga kelib Putin uchinchi muddatga saylanishga qaror qildi, oʻshanda uning prezidentlik muddatini olti yilga uzaytirdi. 2018 yilda u yana toʻrtinchi marta mamlakatni boshqargan. 2020 yil yozida esa Rossiya Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritib, Putinga yana ikki marta saylovlarda qatnashish va hokimiyatda 2036 yilgacha qolish huquqini berdi.

Mavzuga aloqador