06.07.2024 09:45

Erondagi prezidentlik saylovida etnik ozarbayjon va islohotchi nomzod - Masud Pezeshkian gʻalaba qozondi

Eronda boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi islohotchilar bloki vakili Masud Pezeshkian gʻalabasi bilan yakunlandi. Masud Pezeshkian

Saylovning ikkinchi bosqichida u raqibi, konservativ Said Jaliliydan ustun keldi.

Bu haqda Islom Respublikasi saylov shtabining rasmiy vakili Mohsin Eslamiy maʻʻlum qildi.

Yangilangan maʻʻlumotlarga koʻra, saylovda 49,8 foiz saylovchi ovoz bergan.

Saylov byulletenlarining 100 foizini qayta ishlash natijalariga koʻra, Pezeshkiyan 16,384 million - umumiy ovozning 53,6 foizini ovoz oldi. Jaliliyga esa 13,538 million kishi ovoz bergan - 44,3%.

Maʻʻlumot uchun, Masud Pezeshkian 1954 yil 29 sentyabrʻ kuni Eronning Gʻarbiy Ozarbayjon ostonida (viloyatida) etnik ozarbayjonlar oilasida tugʻilgan. Uni kardiojarroh va islohotchi-siyosatchi sifatida tanilgan. 2016—2020 yillarda parlament raisining birinchi oʻrinbosari, 2001—2005 yillarda Muhammad Xotamiy hukumatida sogʻliqni saqlash va tibbiy taʻʻlim vaziri boʻlgan.

Boshqa nomzodlarning pozitsiyalari Raisiy siyosatiga mos kelsa-da, Pezeshkian vaqti-vaqti bilan rasmiylarni tanqid qiladi, AQSh bilan munosabatlarni yaxshilash va ayollar erkinligini, jumladan, hijob oʻrash masalasida himoya qiladi.

Mavzuga aloqador