08.10.2024 10:09

Tunis prezidenti Qays Said 90,69 foiz ovoz bilan qayta saylandi

Tunisda boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida mamlakatning amaldagi prezidenti Qays Said 90,69 foiz ovoz bilan gʻalaba qozondi. Saylovlarda qatnashish darajasi 28,8 foizni tashkil etdi

Tunis Oliy saylov kengashi 6 oktyabrʻ kuni boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarining dastlabki natijalarini eʻʻlon qildi. Oliy saylov kengashi raisi Faruk Buasker matbuot anjumanida Saidning 90,69 foiz ovoz olganini maʻʻlum qildi.

Boshqa nomzodlar orasida Xalq Harakati etakchisi Zuhayr al-Magʻzaviy 1,97 foiz, 2020 yilda “Yashasin Tunis” partiyasidan deputat sifatida siyosiy hayotini boshlagan tadbirkor Ayashi Zamal esa 7,35 foiz ovoz olgani bildirildi.

Konstitutsiya boʻyicha professor boʻlgan Qays Said ilk bor 2019 yildagi saylovlarda prezident etib saylangan edi.

Nomzodlardan biri Zamal "yolgʻon bayonot berish" aybi bilan davom etayotgan sud jarayoni tufayli qamoqdan turib saylovda qatnashdi.

Muxolifat boykot qilgan saylovlarda qatnashish darajasi 28,8 foizni tashkil etdi.

Kecha boʻlib oʻtgan saylovlar ortidan uyushtirilgan matbuot anjumanida Buasker, xorijda va yurt ichida jami 9 million 753 ming 217 saylovchidan 2 million 808 ming 548 nafari ovoz berganini aytdi.

Buaskerning aytishicha, prezidentlik saylovlarida ishtirok etganlar 28,8 foizni tashkil etgan.

Mamlakatning etakchi siyosiy partiyalaridan biri boʻlgan Ennahda Harakati, ayniqsa muxolifatdagi Milliy Ozodlik Jabhasi ham saylov jarayoni uchun "mos demokratik muhit yoʻq" deb baholadi.

Mavzuga aloqador