norozilik namoyishi
Gruziyada Evropadan uzoqlashishga qarshi namoyishlar beshinchi kundirki tinmayapti
Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze noyabrʻ oxirida mamlakatning EIga qoʻshilishi boʻyicha muzokaralar 2028 yilgacha muzlatib qoʻyilganini maʻʻlum qilganidan soʻng norozilik namoyishlari kuchaydi. Beshinchi kundirki politsiya va namoyishchilar oʻrtasida toʻqnashuvlar sodir boʻlmoqda. Politsiya suv purkagich va koʻzdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanmoqda, aholi esa barrikadalar qurib, politsiyaga mushaklarni yoʻnaltirmoqda.
Davomini o'qish...57903.12.2024 12:21Bangladeshda norozilik namoyishlari: bosh vazir mamlakatni tark etdi, olomon uning qarorgohini egallab oldi
Bangladesh bosh vaziri Shayx Hasina isteʻʻfoga chiqdi va qoʻshni Hindistonga qochib ketdi. Mamlakat yuzlab odamlarning oʻlimiga olib kelgan ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda. Armiya shtab boshligʻi general Vaqer-Uz-Zamon muvaqqat hukumat tuzilishini maʻʻlum qildi.
Davomini o'qish...109906.08.2024 08:17Bangladeshda hukumat zoʻravonligiga qarshi namoyishlarda 48 kishi halok boʻldi
Bangladeshda davlat xizmatiga kvota ajratish qaroriga qarshi chiqqan namoyishchilar oʻlimiga eʻʻtibor qaratish maqsadida tashkil etilgan namoyishlarda 48 kishi halok boʻldi. Poytaxt va ayrim hududlarda "muddatsiz komendantlik soati" eʻʻlon qilindi.
Davomini o'qish...95905.08.2024 11:35Bangladeshda oʻqituvchi-professor va teleyulduzlar talabalarning qamoqqa olinishiga qarshi namoyishga chiqdi
Bangladeshda professor-oʻqituvchilar va televidenie xodimlari mustaqillik kurashchilari yaqinlariga davlat xizmatiga kvotalar ajratishga qarshi norozilik namoyishiga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar ozod qilinishini soʻrab namoyishga chiqishdi. Oʻtgan oy yuzlab qurbon berigan norozilik namoyishlarida kamida 11 ming kishi hibsga olingan.
Davomini o'qish...100102.08.2024 10:33Bangladeshdagi tartibsizliklar qurbonlari soni 187 kishiga etdi
Bangladeshda davlat ish oʻrinlari uchun kvota tizimiga qarshi keng koʻlamli namoyishlar Oliy sud hukumat qarorini bekor qilganiga qaramasdan davom etmoqda. Toʻqnashuvlarda kamida 187 kishi halok boʻldi. Komendantlik soati payshanbagacha uzaytirildi, butun mamlakat boʻylab internet oʻchirilgan. Bosh vazir Shayx Hasina cheklovchi choralar vaziyat yaxshilanmaguncha davom etishini maʻʻlum qildi.
Davomini o'qish...106224.07.2024 08:51Bangladeshdagi namoyishchilar 114 qurbon evaziga oʻz maqsadlariga erishdilar
Bangladesh Oliy sudi yakshanba kuni mamlakat boʻylab talabalar noroziligiga sabab boʻlgan mustaqillik uchun kurashganlarning farzandlarini davlat ishiga olish boʻyicha 30 foizlik kvotani bekor qildi. Oxirgi kunlarda roʻy bergan ommaviy tartibsizliklar natijasida kamida 114 kishi halok boʻldi.
Davomini o'qish...118222.07.2024 10:49Qirgʻiziston elchixonasining Muvaqqat ishlar vakili Pokiston TIVga chaqirildi
Elchixona vakili Melis Moldalievga Qirgʻizistonda tahsil olayotgan pokistonlik talabalar bilan bogʻliq hodisalar haqidagi xabarlardan Pokiston hukumatining chuqur xavotiri bildirildi. Shuningdek, Pokiston Tashqi ishlar vazirligi Qirgʻizistonda istiqomat qilayotgan pokistonlik talabalar va fuqarolar xavfsizligini taʻʻminlash uchun barcha choralarni koʻrishga chaqirdi.
Davomini o'qish...133420.05.2024 08:59Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Gʻazo boʻyicha sukut saqlagan mashhurlarni bloklamoqda
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Gʻazo sektorida davom etayotgan vahshiylik borasida sukut saqlayotgan yulduzlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini bloklamoqda. Jastin Biber, Selena Homez, Zendaya, Kardashianlar, Teylor Svift kabi yulduzlar tanqid ostida qolgan.
Davomini o'qish...150814.05.2024 08:20Evropa Falastinni qoʻllab-quvvatlovchi talabalar norozilik namoyishlarining yangi markaziga aylandi
Aprelʻ oyi oʻrtalarida AQShning Kolumbiya universitetida boshlangan norozilik namoyishlari butun dunyoga tarqaldi. Dunyoning turli burchaklaridan kelgan talabalar Isroilning Gʻazo sektoriga hujumlariga norozilik bildirish, shuningdek, Kolumbiya universitetida boshlangan norozilik namoyishlarini qoʻllab-quvvatlash uchun oʻz kampuslarida toʻplanishmoqda. Shu kungacha namoyishlar chogʻida 2500 dan ortiq odam hibsga olingan.
Davomini o'qish...144111.05.2024 11:04Google ishchilari Isroil bilan hamkorlikka qarshi namoyishga chiqdi
Google xodimlari Nʻyu-York va Kaliforniyaning Sunniveyl shaharlarida Isroil bilan hamkorlikni toʻxtatishni talab qilib namoyishga chiqdi. Oʻn soatlik namoyishlar ortidan bir qancha faollar politsiya tomonidan hibsga olindi.
Davomini o'qish...143518.04.2024 09:28