30.09.2025 13:11
172

Marokashda korruptsiyaga qarshi norozilik namoyishi boshlandi


Marokash poytaxti Rabotda mamlakatda keng tomir yoygan korruptsiyaga qarshi norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi.

Reuters agentligining xabar berishicha, yoshlar uchinchi kundirki tibbiyot va taъlim sohasidagi korruptsiya bilan bogʻliq muammolarni hal etish talabi bilan koʻchalarga chiqishmoqda. Aktsiyalar asosan Rabot, Kasablanka, Agadir, Tanjer va Ujda shaharlarida boʻlib oʻtmoqda.

Noroziliklar “GenZ 212” deb nomlangan anonim guruh tomonidan TikTok, Instagram va Discord ijtimoiy tarmoqlari orqali tashkil etilgani aytilmoqda.

Ayni damda politsiya korruptsiyaga qarshi shiorlarni baland ovozda aytayotgan yoki jurnalistlarga bu haqda intervьyu bergan yoshlarni qoʻlga olgan. Turli shaharlarda oʻnlab odamlar hibsga olinayotgani aytilmoqda. Ular orasida bolalarni himoya qilish assotsiatsiyasi rahbari Nadjat Anuar ham bor. Uning aytishicha, u voyaga etmaganlar qoʻlga olingani haqidagi xabarlarni tekshirish uchun kelgan, ammo oʻzi ham hibsga olingan.

Namoyishlarga asosiy sabab sifatida shifoxonalardagi yomon sharoit, shifokorlar etishmasligi, uskunalar tanqisligi va tibbiy xizmat sifatining pastligi koʻrsatilmoqda. Shuningdek, yoshlar taъlim sohasidagi holatdan ham norozi va hukumatdan yuzaga kelgan ahvol uchun javobgarlikni talab qilmoqda. 

Mavzuga aloqador